“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:41
ЎЗO‘Z

Pekin AQSHning “uyg‘urlar genotsidi” haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

21 yanv, 10:01 1 466 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pekin AQSHning “uyg‘urlar genotsidi” haqidagi ayblovlariga javob qaytardi Foto: AP
Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida uyg‘urlar genotsidi haqidagi bayonotini asr yolg‘oni, uning o‘zini esa masxaraboz deb atadi.

Pompeo oxirgi bir necha yil ichida juda ko‘p yolg‘on tarqatdi. Pompeoning ushbu bayonoti ham hali quloq eshitmagan uydirmadir. O‘zining yolg‘onlari bilan tanilgan ushbu amerikalik siyosatchi o‘z lavozimidagi oxirgi kunda ham yolg‘on xabar tarqatib, o‘zini butun dunyoga masxaraboz qilib ko‘rsatdi va kulgiga qo‘ydi”, deb aytgan Chunin.

Avvalroq Pompeo Xitoyni Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi vaziyat sababli genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblagandi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati “tizimli ravishda uyg‘urlarni yo‘q qilishga urinib keladi”.

New York Times nashrining yozishicha, Oq uyning endilikda avvalgi ma’muriyatining Xitoy hukumati harakatlariga bunday keskin ta’rif berishi Pekinga qarshi sanksiyalarning yangi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan kengaytirilishiga olib kelishi mumkin.

AQSH Xitoyni uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlarini tahqirlash, inson huquqlarini buzishda ayblab, Pekinga nisbatan sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda.

O‘z navbatida, Xitoy o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda va mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Tramp Xitoyni darg‘azab qilgan qonunni imzoladi 18 iyun, 22:50
  • «Senat tomoshabin emas». AQShda uyg‘urlar huquqlariga doir qonun qabul qilindi 16 sen, 07:10
  • Uyg‘ur olimasi AQShning Xitoy bilan munosabatlariga mas’ul etib tayinlandi 17 avg, 17:47
  • Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi 15 iyul, 12:15
  • Turkiya va Xitoy uyg‘urlar masalasida o‘zaro keskin bayonotlar berdi 14 fev, 06:56
  • Xitoy uyg‘urlarga qarshi kurashda yordam so‘radi 01 mar, 23:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 527
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 588
  • Bo‘limlar