“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 06:26
ЎЗO‘Z

Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgani aytilmoqda (video)

19 yanv, 19:09 4 234 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgani aytilmoqda (video) Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotgani haqida video tarqaldi.

Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A. uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va «Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan», deb po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.

Qizning onasi 2010 yilda vafot etgach otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqida qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan. O‘tgan yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.

Ta’kidlanishicha, ichki ishlar xodimi otaga og‘zaki ogohlantirish bergan, xolos. Keyinroq esa inspektor «Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman», deb maslahat bergan.

Qizning aytishicha, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisandlik qilmoqda. Qizig‘i, mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.

Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabga ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘gay qiziga zulm o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi 21 dek, 14:53
  • Chirchiqda 10-sinf qizlari quyi sinfda o‘qiydigan qizni do‘pposladi 14 iyul, 15:30
  • Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi? 01 fev, 21:53
  • Fargʻonalik 14 yoshli homilador qizning taqdiri qanday kechdi? 29 sen, 23:30
  • Farg‘onada ona o‘z qizini jinsiy aloqaga majburlaganlikda gumon qilinmoqda 19 avg, 13:20
  • Toshkentda voyaga yetmagan qiz "zo‘rlab" ketilgani aniqlandi 12 iyun, 10:27
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda 12 apr, 00:12 214
  • O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi 11 apr, 23:45 179
  • Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi 11 apr, 23:18 802
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44 944
  • Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi 11 apr, 22:13 503
  • Muhsin Hisomiddinov Prezident sovriniga sazovar bo‘ldi 11 apr, 21:41 1 269
  • Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi 11 apr, 21:13 1 311
  • OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing 11 apr, 20:43 1 283
  • Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi 11 apr, 20:05 1 679
  • "Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi 11 apr, 19:43 1 356
  • Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi 11 apr, 19:11 1 343
  • Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi 11 apr, 18:36 1 343
  • Bo‘limlar