“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 18:01
ЎЗO‘Z

Sayyorani eng ko‘p «ifloslantiruvchi» kompaniyalar ma’lum qilindi

18 yanv, 20:37 1 882 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sayyorani eng ko‘p «ifloslantiruvchi» kompaniyalar ma’lum qilindi Break Free From Plastic mustaqil tashkilotining hisobotiga ko‘ra, ketma-ket uchinchi yil Coca-Cola, PepsiCo va Nestle eng ko‘p ifloslanishga sabab bo‘lgan shirkatlar sifatida qayd etilgan. Yuqori beshlikda Unilever va Mondelez International ham bor.

Zararli plastikdan qanday qutulish mumkin?
Juda katta miqdordagi plastik yer kurrasini o‘ta ifloslantirishi hech kimga sir emas. Bunday xunuk holat, ayniqsa, janubiy dengizlarda dunyoning mashhur brendlarining bir martalik idishlaridan shakllangan ko‘p kilometrlik «orol»larda yanayam ko‘proq ko‘rinadi.

Break Free From Plastic tashkiloti har yilgidek sayyorani ifloslantirayotgan brendlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, hisob-kitob qilish va hujjatlashtirish borasida fuqarolik tashabbusini o‘tkazdi. Dunyoning 55 mamlakatida 346494 dona plastik bo‘laklari topilgan va ularning aksari nomlari yuqoridagi zikr qilingan kompaniyalar mahsulotlarining qoldiqlari.

Dunyoning yetakchi brendlari bergan bayonot va va’dalarga qaramasdan vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarayotgani yo‘q. Dengizlar, okeanlar va o‘nlab davlatlarning sohillari atrof-muhitning plastikdan ifloslanishidan aziyat chekishda davom etmoqda.

Plastik chiqindilarni yig‘uvchi turli tashkilotlar bekorga ishlayotgandek tuyulmoqda. Yirik korporatsiyalar esa ishlab chiqarishda, aftidan, bir martalik plastik idishlardan foydalanishni bas qilmoqchi emas.

«Dunyoning yirik brendlari sayyoramizning plastikdan ifloslanishi muammosini hal qilishga bor kuchlari bilan harakat qilayotganlarini aytayotgan bo‘lsa-da, amalda ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etishmoqda», deydi plastikdan tozalash bo‘yicha global korporatsiyalarga qarshi kurashish harakati koordinatori Emma Pristlend.

Break Free From Plastic hisoboti ancha ishonchli. Unda isbotlangan va umumlashtirilgan 57 bet, hujjatlar va nashrlarga 65 havolalar mavjud. Bu kabi materiallarni o‘qish og‘ir, zero ular jahon brendlarining umuman mas’uliyatsizligidan guvohlik beradi.

Dunyodagi inqiroz bilan bog‘liq muammolarga qaramay, ko‘ngillilar plastik chiqindilarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlashdek qiyin ishlarni bajarishda davom etishmoqda. 2020 yilda ko‘proq davlatlarda tekshiruv ishlari olib borildi va Coca-Cola ifloslantiruvchi sifatidagi peshqadamlikni mustahkamlashda davom etmoqda. Jahonning 51 mamlakatida asosan Coca-Cola mahsulotlarining chiqindilaridan iborat 13834 chiqindixonalar topilgan.

«Ketma-ket uchinchi yil ifloslantiruvchi kompaniyalar peshqadamligida ayni kompaniyalarni ko‘rishimiz bejiz emas. Transmilliy kompaniyalar jamiyatni aldab, borgan sari ko‘proq plastik ishlab chiqarishmoqda», deydi «Grinpis» tashkilotining Janubi-sharqiy Osiyo bo‘yicha koordinatori Ebigeyl Agilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 0
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 73
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 106
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 251
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 83
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 0
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 73
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 30
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 106
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 87
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 71
  • Bo‘limlar