“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

Yomg‘irdan qochib do‘lga?.. Britaniya rahbariyati Brexit ortidan boshqa bir dahmazaga ro‘baro‘ keldi

18 yanv, 15:23 2 456 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yomg‘irdan qochib do‘lga?.. Britaniya rahbariyati Brexit ortidan boshqa bir dahmazaga ro‘baro‘ keldi Bosh vazir Boris Jonson to‘rtlar ittifoqini saqlab qola olarmikan?
Foto: “The Guardian”

Joriy yil 1 yanvardan Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini butunlay tark etdi. Yagona jug‘rofiy makon, yaxlit siyosiy muhitda umrguzaronlik qilgan inglizlar Yevropa “propiskasi”dan o‘z ixtiyori ila voz kechdi. 2016 yilgi referendumdan buyon ingliz arboblari ommaning qulog‘iga quygan “to‘laqonli suverenitet”ga ham erishildi go‘yo. Achchiq ichakdek cho‘zilgan Brexit muzokaralari yakuniga yetib, tomonlar yaxshilikcha ajralgach murod hosil bo‘lmog‘i kerak edi. Ammo YEI tarkibidan chiqishi ortidan Buyuk Britaniya rahbariyati oldida boshqa bir dahmaza paydo bo‘ldi: Angliya, Shotlandiya, Uels hamda Shimoliy Irlandiyadan tarkib topgan Birlashgan Qirollik parchalanib ketishi haqida taxmin-farazlar o‘rtaga chiqdi.

Shimoliy Irlandiyada salkam 30 yil davom etgan fuqarolik urushi hali hech kimning yodidan ko‘tarilganicha yo‘q. Yetilib kelayotgan siyosiy tanglik London bilan tuzilgan bitimlar omonat ekaniga shohidlik berayotgandek. Shimoliy Irlandiyaning Irlandiya respublikasi bilan birlashuvini yoqlovchi kuchlar goh oshkora, goh pinhona harakat qilayotgani sir emas. Brexit hodisasi ular foydasiga xizmat qilishi mumkin.

Irlandiya respublikasi Yevropa ittifoqi tarkibida qoldi. Shimoliy Irlandiyaning 56 foizi aholisi esa YEIdan chiqish bo‘yicha referendumda qarshi ovoz bergan edi. Qirollikning ittifoq tarkibidan chiqishi og‘a-ini o‘lka – Irlandiya respublikasi hamda Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi chegaralarning qayta tiklanishini anglatadi. Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan ko‘p tomonlama inqiroz ham birlashuv tarafdorlari safi kengayishiga olib keldi. Taxminlarga ko‘ra, 2025 yilda boshlanadigan saylovlarda qirollik tarkibidan chiqish muhim tashabbuslardan biri bo‘ladi.

Shotlandiya, ta’bir joiz bo‘lsa, ota hovlidan ajralib, mustaqil hayotga chiqishni talab qilayotgan qaysar o‘g‘il. “Quloqsiz farzand” Londonning yo‘riqlariga ko‘p-da yurmaydi, buyruqlarni ochiq-oshkor rad etadi. Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen qirollikning YEI tarkibidan chiqishi haqidagi xabarni ham xushlamay qabul qildi va qulay fursatdan foydalanib mustaqillik g‘oyasini yana bir karra yodga soldi. “Yevropa, Shotlandiya tez muddatda bag‘ringga qaytadi. Darvozalarni yopma!” deb yozdi Sterjen xonim Twitter sahifasida.

2014 yili Shotlandiyada mustaqillik uchun referendum o‘tkazilgan. O‘shanda ko‘pchilik elektorat suverenitet g‘oyasini rad etgan. Ammo Brexit bo‘yicha umumxalq ovoz berish tadbirida uchdan ikki qism aholi YEI tarkibida qolishni yoqladi. Endilikda YEIga xayrixohlik ruhi mustaqillik kayfiyatiga evrilmoqda. So‘nggi ijtimoiy so‘rovlar aholining 55 foizi mustaqillikni yoqlashini ko‘rsatdi.

To‘g‘ri, Shotlandiya Angliya bilan ittifoq tuzganiga ko‘p zamonlar bo‘ldi, 1707 yilda ikki o‘lka yagona qirollikka birlashgan edi. Ammo asrlar o‘tsa-da, umumingliz ruhi shotland millatparvarligini yutib yubora olmadi. 2021 yilda o‘tadigan saylovda aynan milliy manfaatlarni bayroq qilgan partiya uzil-kesil g‘alaba qozonishi kutilmoqda. Bu esa Edinburgning yana mustaqillik borasida qat’iy talablar qo‘yishini anglatadi.

Angliyaning eng ishonchli ittifoqchisi sanalgan Uelsda ham jamoatchilik fikri o‘zgarishga yuz tutmoqda. Brexit hodisasi, bundan tashqari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha markaziy va mintaqaviy hukumatlar o‘rtasidagi turlicha yondashuvlar milliy manfaatlar himoyachilari bo‘lgan siyosatdonlarga qo‘l kelmoqda.

Oxirgi ijtimoiy so‘rovlarga qaraganda, Uelsdagi aholining 21 foizi mustaqillik tarafdori ekanini bildirgan. Uels qirollikka XV-XVI asrlarda qo‘shilgani inobatga olinsa, aholining beshdan biri bo‘lsa-da mustaqillikni yoqlayotgani rasmiy London uchun xavotirli signal ekani ayon bo‘ladi.

Uorik universiteti professori Charlz Terner Politics nashrida chop etilgan maqolasida “Buyuk Britaniya qay tariqa parchalanadi: Chexoslovakiya kabi tinch yo‘l bilan bo‘linadimi yoki Yugoslaviya kabi qonli to‘qnashuvlar maydoniga aylanadimi?” deya savol qo‘yadi. Olimning ta’kidlashicha, Yugoslaviya varianti haqida o‘ylashning o‘zi insonni dahshatga soladi. Chex va slovaklar kabi murosai madora ila mustaqil davlat barpo etish esa maqbul yo‘l sanaladi.

Qirollik aholisi koronavirus pandemiyasi bilan andarmon bo‘lib turgan hozirgi paytda ushbu o‘tkir siyosiy masala faol muhokama etilayotgani yo‘q. Ammo tahlilchilar kovid balosi biryoqlik qilinishi bilan Shotlandiya, Uels hamda Shimoliy Irlandiyada mustaqillik uchun kurashlar yanada faollashishini bashorat qilmoqdalar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 0
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 0
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 142
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 142
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar