“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 16:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga AQSH va Germaniya vaksinasi keltiriladi

18 yanv, 14:49 2 043 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga AQSH va Germaniya vaksinasi keltiriladi Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev xabar berdi.

— GAVI («Emlash va immunizatsiya bo‘yicha global alyans») tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi COVAX (Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash mexanizmi)ga a’zo davlatlar qatoriga kiritilganligi ma’lum qilingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan «COVID-19»ga qarshi vaksinani amaliyotga kiritish uchun mamlakatimiz aholisining 20 foizi miqdorida buyurtma tayyorlanib, COVAX fondiga yuborildi. Hozirda GAVI tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini O‘zbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Pfizer/Biotech vaksinasini yuqori sovuqlik zanjiriga jiddiy rioya etgan holda -70 ℃ haroratda saqlash talab etiladi. Yurtimizda -70 ℃ haroratni saqlaydigan muzlatgichlar mavjud va xozirgi kunda koronavirusga qarshi emlash jarayonini puxta rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini maxsus xavfsiz immunizatsiya shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish, ayniqsa, vaksinator, reanimatologlar va boshqa tibbiyot xodimlarini tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yurtimizda 2-8 ℃ haroratga mo‘ljallangan sovuqlik zanjiri infratuzilmasi mavjud bo‘lib, bu tizim JSSTning barcha talablariga javob beradi va xavfsiz emlash amaliyotini kafolatlaydi.

Emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta hajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilib, yurtimizning har bir hududi va tumaniga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, — deydi B. Yusupaliyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 21
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 120
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 220
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 68
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 20
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 62
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 194
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 120
  • Bo‘limlar