“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

Uyquchanlikning kuchayishiga olib keluvchi 6 ta sabab

18 yanv, 10:00 1 968 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyquchanlikning kuchayishiga olib keluvchi 6 ta sabab Foto: Marie Claire
Har qish mavsumida charchoqning kuchayishi oqibatida ko‘proq uxlash istagi paydo bo‘ladi. Ammo buning vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lish sababi nimada?

Nega doim uyqu keladi? Qish bo‘lgani uchunmi? Sovuqligi tufaylimi? Yoki kun qisqaligi uchunmi? Bu eng ko‘p beriladigan savollar edi. Ba’zan esa doimiy uyquchanlik sababini darhol aniqlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashish zarur. Yevropa tibbiyot markazi endokrinologi Georgiy Msxalaya bu borada o‘z fikrilarini ma’lum qildi.

Uyqusizlikning kuchayishi natijasida bemorlarning endokrinolog, terapevt va psixiatrga murojaat qilishi ko‘paymoqda. Bu alomatlar gormonal kasallik, turli elementlar yetishmasligi va psixologik muammolarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Kasallikni yanada yaxshi aniqlash uchun ko‘p qirrali tashxis qo‘yish kerak. Shifokorlar shundagina uyquchanlikning asosiy sababini aniqlaydi va uni bartaraf etish uchun tegishli tavsiyalar beradi.

Uyquda xurrak otish
Uyqu buzilishining sabablaridan biri xurrak otish bilan bog‘liq bo‘lib, u bir necha yoki o‘nlab soniya davom etishi mumkin. Bunday vaqtda nafasni ushlab turish qondagi karbonat angidrid konsentratsiyasining oshishiga olib keladi, shu sababli odam ertalab charchoq va uyquchanlikni his qiladi. Uzoq vaqt davomida xurrak uyqu apnoesini keltirib chiqaradi va bu yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi. Ushbu holat ko‘pincha ortiqcha vaznga ega insonlarda kuzatiladi. Buning oldini olish uchun nevrologning ko‘rigidan o‘tish kerak.

Gormonal muvozanatning buzilishi
Uyquchanlikning kuchayishi tanadagi gormonal kasalliklarning natijasi bo‘lishi mumkin. Ular orasida qalqonsimon bez gormonlari va jinsiy gormonlar yetishmovchiligi tez-tez uchraydi. Tahlillarni malakali laboratoriyada o‘tkazish juda muhimdir, chunki ularning ba’zilari ko‘rsatkichlarni 1,5-2 baravar oshirib yuborishadi. Bunday natijalarni olgan shifokorlar noto‘g‘ri davolash ishlarini boshlab yuboradi.

D vitamini tanqisligi
D vitamini tanqisligini hozirda koronavirus bilan bog‘liq deb bilishadi. Ammo D vitamini borasidagi ushbu qarash haqida dalillar bo‘lmasada, uning uyquchanlik bilan aloqasi ilmiy jihatdan isbotlangan. Haqiqat shundaki, D vitaminining 70 foizi terining ochiq joylarida ultrabinafsha nurlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar quyoshli kunlar oz bo‘lsa, unda vitamin yetishmasligi kuzatiladi. Shuning uchun tanqislikni maxsus vitamin-dorilar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.

Temir moddasi tanqisligi
Uyquchanlikning yana bir sababi − temir tanqisligi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu qizlarda uchraydi, bu ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari va temirning kamayishi, shuningdek, ginekologik va gastroenterologik sabablar bilan bog‘liq. Shu sababli oshqozon-ichak traktida polip va eroziya mavjudligini aniqlagan holda, ushbu muammoni ginekolog hamda gastroenterologlar bilan birgalikda hal qilish yaxshiroqdir.

Melatonin yetishmasligi

Foto: Marie Claire
Uyquchanlikning asosiy sabablari to‘g‘risidagi suhbatda melatonin haqida eslamaslik mumkin emas. Melatonin yetishmasligi uyquning ortishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun derazalarga qora parda tutish, yotoq lampalarini yoqmaslik zarur. Uyqudan 2 soat avval televizor, planshet kabi nur chiqaruvchi qurilmalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Kichik sayrlar ham uyquni me’yorlashtirishga yordam beradi.

Asab kasalliklari
Eng og‘ir holatlar inson miyasida doimiy salbiy fikrlar aylanishi natijasida yuzaga keladi. Bu esa tushkunlik, tashvish kuchayishi natijasida bo‘lishi mumkin. Bunday holatda psixoterapevtning maslahati zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 228
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 139
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 116
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 257
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar