“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 00:31
ЎЗO‘Z

Shimoliy Koreya yangi suv osti raketasini namoyish qildi. Bu Bayden uchun chaqiruvmi?

18 yanv, 00:25 2 192 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shimoliy Koreya yangi suv osti raketasini namoyish qildi. Bu Bayden uchun chaqiruvmi? Foto: KCNA
Shimoliy Koreya suv osti kemasidan turib otiladigan yangi ballistik raketa taqdimotini o‘tkazdi. Bu yangicha turdagi raketa hisoblanadi. KXDRning mahalliy nashrlari uni «dunyodagi eng kuchli qurol» deb atashmoqda.

Payshanba kuni Pxenyanda Kim Chen In ishtirokida harbiy parad o‘tkazildi. Unda yangi turdagi raketalarning bir nechtasi namoyish qilingan. Ko‘pchilik Shimoliy Koreyadagi bu yirik harbiy parad AQSH prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasidan bir necha kun oldin o‘tkazilganiga e’tibor berdi, lekin aslida buning sababi boshqa edi: o‘sha kuni mamlakatdagi yagona partiya hisoblangan Mehnat partiyasi s’ezdi yakunlangandi.

Harbiy paraddan olingan suratlarda (tabiiyki suratlarni faqat mamlakat Markaziy telegraf agentligi tarqatgan) kamida to‘rtta oq-qora tusdagi yiriy raketalar maydon bo‘ylab olib o‘tilayotgani aks etgan. Paraddan oldin o‘tkazilgan partiya s’ezdi yopilishida nutq so‘zlagan Kim Chen In AQSHni mamlakatning eng katta dushmani deb atadi.

Harbiy ekspertlar avval bunaqa turdagi qurolni ko‘rishmagani aytishgan. «Yangi yil, yangi «Pukkikson», deb yozdi Tvitterdagi sahifasida Shimoliy Koreya bo‘yicha ekspert Ankit Panda. «Pukkikson» – qutb yulduzi degani va KXDRda suv ostidan otiluvchi raketalar seriyasini ishlab chiqarish loyihasi shunday ataladi. 2016 yilda «Pukkikson-1» raketasi ishlab chiqarilgan va 1 300 kilometrgacha nishonni aniq yo‘q qila oladi. Yangi «Pukkikson»ning xususiyatlari hozircha aniq emas.

Shimoliy Koreya yangi raketa ishlab chiqarishga tayyorlanayotganidan amerikalik harbiy tahlilchilar o‘tgan yil sentabrdayoq ogohlantirishgandi. Ular kosmosdan olingan suratlarga asoslanib shunday xulosaga kelishgan. Mamlakatda hamon katta miqdorda dizelda yuruvchi eskirgan, lekin raketa uchirish uchun yaroqli bo‘lgan suv osti kemalari bor.

Kuchni ko‘rsatib qo‘yish
Kim Chen In o‘z otasi sharafiga nomlangan maydonda o‘tgan harbiy paradda charm palto va paxmoq bosh kiyimda salobat to‘kib turdi va yangi qurol olib o‘tilayotganda o‘rnidan turib, askarlarga mamnun qo‘l siltadi.

«Maydonga dunyodagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan ballistik raketalar birma bir olib chiqildi. Ular revolyutsion harbiy kuchimizning qudratini yana bir bor namoyish qildi», deb yozilgan KXDR Markaziy telegraf agentligining «tarixiy reportaji»da.

Negadir bu galgi paradda Shimoliy Koreyaning quruqlikdan otiladigan eng katta ballistik raketasi ko‘rinmadi. Bu qurol oktabrda o‘tkazilgan paradda ko‘rsatilgandi. Mutaxassislarning aytishicha, yangi raketaning hajmi chindan qo‘rqinchli va u bilan AQSHning har qanday nuqtasiga zarba berish mumkin.

Shimoliy Koreyada bu tarzda harbiy kuchni ko‘rsatish odatga aylangan va har besh yilda o‘tkaziladigan bunday paradlarda odatda birorta yangi qurol namoyish etiladi. Kim Chen In partiya s’ezdida so‘z olar ekan mamlakatning harbiy qudratini, xususan, katta radiusdagi hududlarga zarba berishga imkon beruvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni rivojlantirishga so‘z berdi. Shuningdek, Shimoliy Koreya «millat otasi» favqulodda katta qurollar haqida ham gapirgan. Nutqi davomida u AQSHni mamlakatning eng katta dushmani deyishdan tashqari, inqilobga to‘siq deb atagan. «Hukumat tepasida kim bo‘lishidan qat’i nazar ularning bizga nisbatan siyosati aslo o‘zgarmaydi», degan Kim Chen In.

Kim Chin In 2011 yilda otasidan hukumatni qabul qilib olgach, mamlakatda ballistik raketa ishlab chiqarish rivojlandi va «millat otasi» bu AQSH bosqinidan saqlanish uchun muhim ekanini aytib keladi.

Baydenga chorlovmi?
Mutaxassislar Shimoliy Koreyadagi bu qurol namoyishini AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenga qaratilgan ekanini aytishmoqda. Qattiq va suyuq yonilg‘ida harakatlanuvchi ballistik raketalarning ustunligi va kamchiliklari ham bor. Ularning ustunligi shundaki, startga tezda tayyor bo‘ladi.

Prezident Donald Tramp 2018 yilda Kim Chen In bilan Singapurda uchrashgandi. Keyinchalik ular yana ikki marta uchrashishdi va Tramp Kim Chen Inni «yaxshi yigit» deb atadi. Oldinroq AQSH prezidenti Shimoliy Koreya yetakchisini «bomba odam» deb atagandi. Tramp Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya chegarasiga borib, tarixiy qo‘l berishda ham qatnashdi.

Umuman olganda, AQSH va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar taxmin qilib bo‘lmaydigan darajada o‘zgaruvchan. Ba’zan mamlakat yetakchilari bir birlariga mulozamat qilishsa, ba’zan tahdid qilishdan ham toyishmaydi. Tramp davridagi qator uchrshuvlarda yadro dasturini to‘xtatish bo‘yicha ham, Shimoliy Koreyadan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha ham kelishuvga erishilmadi.

Marshal ko‘rinmay qolgandi
Shimoliy Koreya aholisi marshal deb atovchi Kim Chen In 2020 yilda juda kam ko‘rinish berdi. Oxirgi hafta esa u uchun «ancha sermazmun o‘tdi». Partiya s’ezdi dunyodagi koronavirus tahdidi va AQSHdagi siyosiy voqealar soyasida qolib ketganiga qaramay, Kim Chen In unga jiddiy e’tibor qaratdi. U mamlakat og‘ir iqtisodiy holatda qolayotganiga qaramay, harbiy jihatdan hamon nimalardir qilishga qodir ekanini Shimoliy Koreya fuqarolariga ko‘rsatishni muhim deb hisobladi. Shu sababli qator ballistik raketalar namoyishi o‘tkazildi.

Bu harakatlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Shimoliy Koreya hamon dunyodan yopilgan holda yashashda davom etmoqchi va yadro dasturidan voz kechib, evaziga sanksiyalardan qutulishga intilmayapti. Baraka Obama hukumatni Trampga topshirayotganda Shimoliy Koreya uning xavfsizlik borasidagi asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligini aytgandi. Biroq 4 yil ichida Tramp tarixiy uchrashuvlardan boshqa hech nimaga erisha olmadi. Xo‘sh, Bayden bu borada nimalar qila olarkin?




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 57
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 355
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 468
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 149
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 196
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 10
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 11
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 30
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 51
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 111
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 104
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 71
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 57
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 121
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 354
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 83
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 156
  • Bo‘limlar