“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:42
ЎЗO‘Z

Bugun Shomurodov nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak!

17 yanv, 21:03 2 261 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun Shomurodov nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak! Italiya A Seriyasining 18-turida “Atalanta” o‘z maydonida “Jenoa”ni qabul qiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozgi transferlar davrida Rossiya futbolidan kuchli beshlik chempionatiga o‘tgan ikki futbolchi – Aleksey Miranchuk va Eldor Shomurodov jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, qiziq statistika guvohi bo‘lamiz. Bu jamoalar bir biri bilan o‘zaro 28 marta kuch sinashgan, natija esa teng. Har ikki jamoa o‘ntadan g‘alabani nishonlagan va sakkizta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi kichik uchtunlik “Atalanta” tomonida – 40:37.

Shunday bo‘lsa-sa, bugungi kunda har ikki jamoa umuman boshqa-boshqa maqsadlar uchun kurashmoqda. “Atalanta” garchi chempionlik uchun da’vo qilmasa ham, Yevropa Chempionlar ligasining doimiy ishtirokchisiga aylanmoqchi. Ayni paytda 16 ta uchrashuvda 31 ochko to‘plagan Jan Pero Gasperini shogirdlari beshinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib olgan va mavsum oxirigacha “Milan”, “Yuventus”, “Inter”, “Roma”, “Latsio”, “Napoli” kabi nomdor jamoalar bilan chempionat yakuniga qadar “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniri yo‘llanmasi uchun kurash olib borishga bel bog‘lagan.

Qolaversa, “Atalanta” o‘zi qatnashayotgan barcha turnirlar doirasida mag‘lubiyatsiz seriyasini o‘nta uchrashuvga yetkazib oldi. Bu uchrashuvlardan yettitasida g‘olib chiqqani jamoa jangovar holatda ekanidan dalolat beradi. Jamoaning asosiy quroli – kolumbiyalik hujumchi Luis Muriel 15 ta o‘yinda 10 ta gol urgan.

Keyingi yillarda A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashishni odat qilgan “Jenoa” qutqaruvchi mutaxassis Davide Ballardini qo‘l ostida o‘yinini qayta tashkil etyapti. Genuyaliklar Eldor Shomurodov yordamida xavfli hududdan chiqib oldi. Biz muxlislik qilayotgan jamoa 17 ta uchrashuvdan so‘ng, ochkolari sonini 14 taga yetkazdi.

Ayniqsa, Italiya kubogi doirasida “Jenoa” amaldagi chempioni “Yuventus” maydonida turinliklar bilan tengma-teng o‘ynagani jamoaning raqobatbardoshligi oshib borayotganini ko‘rsatdi.

Ballaridini Turindagi o‘yinda yetakchi hujumchilari – Eldor Shomurodov va Mattia Destroni maydonga tushirmay, ularni bugun bo‘ladigan o‘yinga saqladi. Garchi buning uchun muxlislar tanqidiga duch kelgan bo‘lsa-da, u kubok o‘yinidan A Seriya bahsini ustun qo‘ydi.

O‘zbekistonlik va rossiyalik futbol muxlislari uchun yana bir e’tiborga molik masala keyingi yillarda har ikki mamlakatning yetakchi futbolchisi nomini egallab turgan o‘yinchilarning o‘zaro duelidan. Rossiya futbolining eng kuchli vakili Aleksey Miranchuk O‘zbekistonning ayni paytdagi eng yorqin yulduzi Eldor Shomurodov bilan raqobatga kirishadi.

Italiya futboliga moslashish bo‘yicha o‘zbek futbolchisi ilg‘orroq. Garchi Aleksey “Atalanta”ga o‘tganidan beri Eldordan bitta ko‘p gol urgan bo‘lsa-da, jamoasining asosiy o‘yinchisiga aylana olgani yo‘q. U hamon moslashish jarayonida.

Shomurodov esa “Jenoa”ning eng muhim o‘yinchisi hisoblanadi. U jamoasining aksariyat gollarida bevosita ishtirok etishdan tashqari, o‘tkir hujum uyushtirish, raqib hujumini barbod qilish, himoyalanish va yakkakurashlardagi ustunligi, tezkorligi bilan muxlisu mutaxassislarning yuqori bahosiga loyiq ko‘rilmoqda.

Bugun “Jenoa” muxlislari asosiy tarkibda Eldor Shomurodov tushirilishi va muhim bahsda o‘zbek futbolchisi jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shishini kutmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Bo‘limlar