“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

R.Kusherbayev hokimlarni noqonuniy "snos" bo‘yicha hushyor bo‘lishga chaqirdi

16 yanv, 12:05 1 877 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
R.Kusherbayev hokimlarni noqonuniy "snos" bo‘yicha hushyor bo‘lishga chaqirdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev noqonuniy "snos" uchun alohida javobgarlik belgilangan qonun haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Nihoyat Prezident "Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks va Jinoyat Kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yerni noqonuniy olib qo‘yish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘mdan 33 mln 450 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar mazkur huquqbuzarlik mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda binolarning buzib tashlanishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha (33 mln 450 ming so‘mdan 44 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Agar mansabdor shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran yerlarni noqonuniy olib qo‘ysa Jinoyat Kodeksiga asosan quyidagi jazo choralari qo‘llanadi:

— bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 250 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘mdan 55 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;
— 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
— 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Mazkur jinoyat mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda binolarning buzib tashlanishiga olib kelsa yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa mansabdor shaxs 3 yilgacha, ko‘p miqdorda zarar keltirsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Yerni noqonuniy olib qo‘yish mulkdorga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazsa yoki ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda sodir etilsa, mansabdor shaxs muayyan huquqdan mahrum etilib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli hokimlar endi hushyor bo‘lishlari kerak. Chunki ularning noqonuniy "snos"lari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, kamiga jinoiy javobgarlikka tortilib qolishsa deputatlikdan ham mahrum bo‘lib, Kengashlarga raislik qila olishmaydi. Hushyor bo‘ling!" deb yozadi deputat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 0
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 1
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar