“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Toshkentda 2021 yilda 86 ta ko‘cha kapital ta’mirlanadi

16 yanv, 11:33 1 742 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 2021 yilda 86 ta ko‘cha kapital ta’mirlanadi Yunusobod tumanini 2021–2022 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlarining hokim va sektor rahbarlari, Yunusobod tumani mahalla raislari hamda yoshlar bilan muloqoti vaqtida ma’lum qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari – O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining ma’lum qilishicha, Yunusobod tumanidagi 63 ta mahallaning rivojlanish darajasi, mavjud muammo va imkoniyatlari o‘rganilgan.

Dastur doirasida sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘nalishida umumiy qiymati 14,4 trillion so‘mlik 141 ta yirik va o‘rta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Ular doirasida 936 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirib, qariyb 8 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

Ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 1 milliard so‘m subsidiya ajratilib, tumandagi 260 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Mehnat organlari yo‘llanmasi asosida 600 nafardan ziyod ishsiz kasb-hunarga o‘qitiladi.

Infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari ham belgilangan. Xususan, 2021 yilda 75 kilometr issiqlik va 108 kilometr elektr tarmoqlari, 101 ta transformatorda ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi. 86 ta ko‘cha kapital ta’mirlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar