“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:52
ЎЗO‘Z

Energetika vazirligi: 2021 yilda 9ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi

15 yanv, 21:37 1 106 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Energetika vazirligi: 2021 yilda 9ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi 2021 yilda O‘zbekistonda 1387 megavattlik quvvatga ega 9ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi, deb ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi ortib borayotgan energiya ehtiyojini qondirish choralari haqida axborot berdi.

Xabar qilinishicha, 2021 yilning oktabr–noyabr oylarida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, 2021 yilning oktabr oyida har birining quvvati 100 MVt bo‘lgan 2ta quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) kompaniyasi o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda.

«Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2021 yil iyun oyida GESning Chirchiq–Bo‘zsuv kaskadiga kiruvchi «Kamolot» GES qurilishi yakunlanadi. Shuningdek, iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston aholisiga 1,74 mlrd kVt soat, 2018 yil dekabr oyida esa 1,57 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Ya’ni 2 yil ichidagi o‘sish 11 foizni tashkil etgan.

2020 yilda O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi iste’moli 69,1 mlrd kVt soatni tashkil qilgan. Bu – 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,1 foizga va 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 20,1 foizga ko‘p.

2020 yilda O‘zbekistondagi elektr stansiyalarida 66,4 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu – 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga, 2016 yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘p.

2016 yilda qabul qilingan Investitsiya dasturiga asosan, davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.

Yangi stansiyalar qurilishi va mavjudlarining kengaytirilishi hisobiga, 900 MVt yangi quvvat Tolimarjon IESdan, 560 MVt – Taxiatosh IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt – Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi ko‘mir energoblokidan olindi.

Namangan viloyatida qurilgan yangi To‘raqo‘rg‘on IES bugungi kunda Farg‘ona vodiysining uchta viloyati iste’mol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqarmoqda.

2020 yilda xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida 6ta yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni tashkil etadi, deyiladi vazirlik axborotida.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi 10 yanv, 11:25
  • 2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari pulli bo‘ladi 09 yanv, 19:44
  • Gaz portlashidan «Qishloq qurilish» uyi butunlay sochilib ketgan (foto) 06 yanv, 19:06
  • Samarqandda piyoz olib ketayotgan «Buxanka» yonib ketdi 06 yanv, 14:48
  • Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston tibbiy OTMlarida 10 ming xorijlik tahsil oladi 01 yanv, 16:16
  • 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi 03 dek, 20:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 527
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 588
  • Bo‘limlar