“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2021, 04:31
ЎЗO‘Z

Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi

15 yanv, 17:06 932 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi Gollandiyalik mutaxassis «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shu kungacha jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra endi «Paxtakor» bosh murabbiyiga aylandi. U Shota Arveladze bilan murabbiylar shtabida birga faoliyat yuritib kelayotgandi. Oxirgi yillarda shakllantirilgan hujumkor, chiroyli va muxlislarga ma’qul keladigan futbol falsafasiga asoslangan o‘yin uslubini yanada yaxshilab borishga urinish shu tariqa davom ettiriladi.

Piter futbolchilik faoliyatida Shotlandiyaning mashhur klublaridan biri «Glazgo Reynjers» sharafini besh mavsum himoya qilib, besh marta chempionlikka erishgani bilan mashhur. Shuningdek, Piter «Groningen», «Vendam», «Tvente», «Sanfrechche Xirosima», «Lers» va «Rozendal» kabi klublarda o‘yngan. Gollandiya, Shotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasi tarkibida 1988-91 yillarda 8 o‘yinda maydonga tushgan.

Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil «Groningen» yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so‘ng «Vitess» va «Ayaks» klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Keyin «Ayaks» yoshlar jamoasi, «Groningen», «De Graafsxap» klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

2017 yil iyun oyidan boshlab «Paxtakor»da yordamchi murabbiy sifatida ishlab keldi va jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi. Endilikda Piter bosh murabbiy lavozimida faoliyatini davom ettiradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Paxtakor"dagi sukunat qachongacha davom etadi? 10 yanv, 08:00
  • Piter Xyuistra "Paxtakor" klubi bosh murabbiyiga aylandi 06 yanv, 21:19
  • "Paxtakor" murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi? 01 okt, 09:30
  • Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor" 25 sen, 22:40
  • Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlandi 29 avg, 09:50
  • Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi 12 yanv, 22:15
  • So'nggi yangiliklar
  • Uxlashdan avval nima qilib bo‘lmaydi? 25 fev, 00:23 204
  • Rossiyalik milliarder Roman Abramovich uchun 145 metrlik yaxta qurilmoqda (video) 24 fev, 23:55 191
  • Habib Nurmagomedov otasining ushalmagan orzusini aytdi 24 fev, 23:23 163
  • Bahodir Jalolov Bolgariyada ilk jangini o‘tkazdi 24 fev, 23:09 306
  • “Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboyev esa... 24 fev, 22:57 259
  • Besh nafar bokschimizdan to‘rt nafari g‘alabaga erishdi 24 fev, 22:35 271
  • Dilshodbek Ro‘zmetov "Stranja" turnirida ikkinchi jangini o‘tkazdi 24 fev, 22:29 193
  • Tadbirkorlar foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda 24 fev, 22:15 171
  • Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz futzalchilarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi 24 fev, 21:52 235
  • 30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi 24 fev, 21:50 155
  • Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi 24 fev, 21:36 286
  • O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi? 24 fev, 21:18 507
  • Bo‘limlar