“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 17:17
ЎЗO‘Z

Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?

15 yanv, 14:58 1 847 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? Odatda, aksariyat ofis xodimlari bosh og‘rig‘i, ko‘z ichi qizarishi (achishish, qichishish), bel sanchiqlari, qorin dam bo‘lishi va oyoq uvishishi kabi muammolardan shikoyat qiladi. Ushbu holat zamonaviy tibbiyotda «ofis xodimi sindromi» deyiladi. CCV Matbuot xizmatining shu boradagi savollariga Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktorining o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob beradi.

— Ofis xodimi sindromi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Shunisi ma’lumki, ish staji hali u qadar katta bo‘lmagan xodim ham ushbu sindrom bilan kasallanishi mumkin. Quyida kimlar xavf guruhiga kiritilishi va ogohlantiruvchi simptomlar haqida ma’lumot beramiz.
Ortiqcha vazn.

Xizmat taqozosi bilan bir joyda o‘tirib ishlaydigan kishilar kamharakat bo‘lishadi. Bilasiz, jismoniy faollik sust bo‘lsa, tanada qon aylanishi me’yorda kechmaydi.

Oshqozon-ichak trakti kasalliklari.
Asosiy sabab – noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilish odatining mavjudligi.

Yurak-qon tomir xastaliklari.
Tamaki va spirtli ichimliklar iste’mol qilish, ko‘p miqdorda kofein moddasi qo‘shilgan ichimlik (qahva, achchiq choy) ichish, stress, uyqusizlik – muammoning bosh omillari hisoblanadi.

Kichik tos a’zosi bezovtaliklari, bavosil.
Yana o‘sha gap, bir joyda uzoq vaqt o‘tirib ishlash tanada qon aylanishini izdan chiqaradi. Kishi avval ham bavosil bilan og‘rigan bo‘lsa, xastalikning qaytalanish ehtimoli yuqori.

Quruq ko‘zlar sindromi.
Kompyuterdan muntazam foydalanuvchilarda ko‘z ichi qizarishi (achishish, yoshlanish) holati ko‘p kuzatiladi. Sababi esa monitordan tarqaluvchi yorqin nurdir. Shuningdek, konditsioner havosi ham ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Nafas yo‘llari kasalliklari.
Xonada 5-6 nafar xodim ishlasa va ulardan biri grippga chalingan bo‘lsa, kasallik qo‘zg‘atuvchi infeksiya havo-tomchi yo‘li orqali boshqalarni ham zararlashi mumkin.

Mushak va bo‘g‘im og‘riqlari.
Harakatsiz holatda (ko‘pincha engashib o‘tirish) uzoq vaqt o‘tirilsa, bo‘g‘imlar «qotib» qoladi. Qon yetib kelishi to‘liq bajarilmagani bois oyoq uvishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 76
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 113
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 128
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 117
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 116
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 0
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 1
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 0
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 2
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 11
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 42
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 19
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 78
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 17
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 411
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 76
  • Bo‘limlar