“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:37
ЎЗO‘Z

Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang «Lujniki» stadionida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

14 yanv, 23:08 1 924 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang «Lujniki» stadionida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi Kollaj: «Daryo»
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) va yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘rtasidagi jang Rossiyada bo‘lib o‘tmaydigan bo‘ldi.

Jurnalist Maykl Koppinjerning xabar qilishicha, Bektemir va rossiyalik bokschi o‘rtasidagi bellashuv AQSHning Indio shahrida (Kaliforniya shtati) bo‘lib o‘tadi. Biroq jang o‘tkaziladigan sana o‘zgarishsiz qolgan — 30 yanvar.

Meliqo‘ziyev va Kovalyov o‘rtasidagi jang avvalroq Moskvaning «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, ushbu kechada Sheyn Mosli Junior va Jeyson Kuigli o‘rtasidagi jang ham bo‘lib o‘tadi.

Kovalyov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 2 noyabrida meksikalik Saul «Kanelo» Alvaresga qarshi o‘tkazib, 11-raundda nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev hozirgacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan, 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Bektemir so‘nggi jangini 2020 yil 30 oktabrida meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazib, 3-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 344
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 42
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 211
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 340
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 355
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 776
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar