“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:29
ЎЗO‘Z

Rossiyada keyingi haftadan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

14 yanv, 00:00 1 846 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada keyingi haftadan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan yig‘ilishda keyingi haftadan aholini katta ko‘lamli emlashdan ommaviy emlashga o‘tish va buning uchun zarur infratuzilmani shay holatga keltirish vazifasini topshirdi.

Tangriga shukr, vaksinamiz tashish uchun minus 50, minus 70 daraja sovuq kabi qandaydir g‘ayrioddiy sharoitlarni talab qilmaydi. Bizda hammasi oddiyroq va samarali ishlaydi”, deb aytgan Putin.

Rossiya rahbari emlash munosabati bilan gripp kabi ish jadvali tuzib chiqishni topshirgan. Putinning ta’kidlashicha, amaliyotning ko‘rsatishicha Rossiya vaksinasi dunyodagi eng yaxshi vaksina hisoblanadi va qolgan vaksinalar bunday darajada xavfsizlik va himoyani namoyish qila olmagan.

Rossiya rahbari koronavirus pandemiyasiga to‘xtalib, “dunyoda, afsuski, hozircha ushbu kasallikni va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishning uddasidan chiqilmayayotganini” aytgan.

Biroq Putinning o‘zi hozircha koronavirusga qarshi emlanishga shoshmayapti. Rossiya prezidenti dekabrdagi katta matbuot anjumanida buni Rossiya vaksinasi o‘shanda hali 60 yoshdan kattalar uchun tayinlanmagani bilan tushuntirgandi.

Biroq Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinani keksa yoshlilarga qo‘llashga ruxsat berganidan keyin ham 68 yoshli Putinning emlangani yoki yo‘qligi ma’lum qilinmagan. Kremlda jurnalistlarning bu boradagi savollariga Putin emlangudek bo‘lsa, bu haqida o‘zi xabar qilishi aytib kelinmoqda.

Rossiyada oxirgi sutkada 22850 ta yangi kasallanish holati qayd qilingan, 566 kishi virusdan vafot etgan. Umumiy hisobda pandemiya boshidan beri kasallanganlar soni 3,471 mlndan, vafot etganlar soni 63,3 mingdan oshib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 244
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 411
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Bo‘limlar