“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:16
ЎЗO‘Z

Rasman: "Shaxtyor" o‘zbekistonlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

13 yanv, 21:35 2 769 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman: "Shaxtyor" o‘zbekistonlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi Yangi mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari UYEFA chempionlari ligasida “Shaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo‘lishdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi va to‘purari Shahzod Ubaydullayev Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi bilan shartnomani rasmiylashtirdi.

Belarus chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar soni yana bir nafarga oshdi. «Metallurg» klubining 22 yoshli hujumchisi 8 yanvar sanasida Belarusga uchib ketgandi. Ubaydullayev bo‘lg‘usi klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Kecha tomonlar bir to‘xtamga kelishdi hamda o‘zaro shartnoma imzolandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur klub sharafini o‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboyev ham himoya etgandi.

Shahzod Ubaydullayev o‘tgan yili “Metallurg” tarkibida Superliganing 26ta o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgandi. Bundan tashqari Shahzod Ubaydullayev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etildi va uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiridi. Shahzod o‘zining O‘zbekiston MTJ tarkibidagi debyut uchrashuvidayoq Tojikiston milliy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etgandi.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 99
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 155
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 328
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • So'nggi yangiliklar

  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Bo‘limlar