“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:14
ЎЗO‘Z

Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor

09 yanv, 21:23 2 450 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiya futboli bo‘yicha ekspert: Eldor Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor Foto: Getty Images
«Kalyari» sobiq skauti va Italiya futboli bo‘yicha ekspert Aleks Velikix «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovga «Yuventus» tomonidan bo‘layotgan qiziqish haqida so‘z yuritdi.

— Shomurodov «Jenoa» asosiy tarkibida A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Shundan kelib chiqib, unga «Yuventus»dan qiziqish bo‘layotganiga ishonish mumkinmi?
— Keling, jamoada Shomurodovga ikki nafar mahalliy raqobatchi borligini esdan chiqarmaymiz, bular — Mattia Destro va Janluka Skamakka. Aytgancha, Skamakka maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazib Shomurodov bilan bir xil miqdorda (2 ta) gol urgan. Bundan tashqari Eldor A Seriyaga Rossiya chempionatidan yo‘l oldi, unga yangi musobaqaga moslashish qiyin kechgani tayin. Shomurodovda murabbiy ishonchi bor — u jarohatsiz holatda faqat bir marta maydonga tushmadi. U Italiya futboliga moslashishga urinayotgani ko‘rinib turibdi. Umuman olganda, «Yuventus» tomonidan qiziqish bo‘layotgani meni hayron qoldirmadi.

— Shomurodov va «Yuventus» haqida Tuttosport yozmoqda. Bu jiddiy manbami?
— Bu Turin nashri, uning jurnalistlari mahalliy jamoalar — «Torino» va «Yuventus»ga yaqin. «Yuve» Morataning jarohati sabab yangi markaziy hujumchi qidirayotgani hech kimga sir emas.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasida o‘ziga xos tarix bor — bu ikki klub so‘nggi yillarda juda yaxshi til topishib olgan. Ularning munosabatlarini inobatga olsak, «Jenoa» Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga berishga rozi bo‘lishi mumkin. Avvalroq buning iloji yo‘q edi, biroq FIFA futbolchi bir yilda uchta klubda o‘ynashi mumkin emasligini borasidagi taqiqni olib tashlagan.

— Shomurodov «Yuventus» short-listida nechanchi tartib raqamida turibdi?
— U birinchi emasligi tushunarli, o‘ylashimcha, u 3-4-raqamda turibdi. Biroq har bir yangi rad javobi yoki muzokaralarning barbod bo‘lishi «Jenoa» hujumchisini «Yuventus»ga yaqinlashtiradi.

«Yuventus» va «Jenoa» o‘rtasidagi munosabatlarga qaytaman. Ayni vaqtda tomonlar uch futbolchi transferini amalga oshirish arafasida turibdi. Turindan Genuyaga ikki hujumchi o‘tishi kerak — Portanova va Petrelli, Rovella esa «Yuventus» o‘yinchisiga aylanadi, biroq u ijara asosida «Jenoa»da qoladi. Shu tariqa «Jenoa»da yetarli darajada hujumchi bo‘ladi va ular Shomurodovni yarim mavsumga ijaraga qo‘yib yuborishi mumkin. O‘ylashimcha, Shomurodovda «Yuventus» tizimiga mos tushish uchun barcha imkoniyat bor, — deydi Velikix.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 227
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 118
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar