“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:07
ЎЗO‘Z

Jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada hibsda qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar

05 yanv, 20:47 2 895 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada hibsda qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar Turkiyadagi o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev qariyb bir oydan buyon hibsda qolmoqda. Uning hamkasbi va advokati holat yuzasidan yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qariyb bir oydan buyon hibsda qolmoqda. U «shubhali shaxslar» bilan aloqadorlikda gumonlanib, 11 dekabrga o‘tar kechasi Istanbulda qo‘lga olingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jurnalistga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, uni deportatsiya qilish haqidagi qaror hamon bekor qilinmasdan qolmoqda va jurnalist deportatsiya bo‘linmasida saqlanmoqda.

Uning «Registon» onlayn telekanalidagi hamkasbi Tohir Abdulloning aytishicha, Abdukarim Mirzayev bilan aloqaga chiqqan 6 nafar shubhali shaxs aybsiz deb topilgani haqida xabar olingan.

«Bu – xushxabar. Ularni deb Abdukarim akani ushlab turishgan edi. Buning natijasi endilikda Abdukarim Mirzayevning ham qo‘yib yuborilishiga olib keladi, inshaalloh», – dedi Tohir Abdullo 5 yanvar kuni YouTube'dagi telekanalning jonli efirida.

U Mirzayev qo‘lga olinganiga 26 kun o‘tganiga munosabat bildirarkan, xorijlik gumondor shaxsning buncha vaqt ushlab turilishi Turkiya sharoitida ko‘p muddat hisoblanmasligini bildirdi.

«Turkiyada chet el fuqarosi shubha asosida hibsga olinsa, aybi isbotlanmasa-da, uni qo‘yib yuborishgacha bo‘lgan jarayonlar kamida 2–3 oy, bo‘lmasa 6 oygacha cho‘ziladi», – dedi Tohir Abdullo.

«Registon TV» vakili jamoatchilikni xotirjamlikka chaqirib, zarur barcha choralar ko‘rilayotganini qayd etdi; Abdukarim Mirzayev ishidan O‘zbekiston va Turkiyaning yuqori turuvchi tegishli organlari xabardor ekanini qo‘shimcha qildi.

«Har yerning o‘z byurokratiyasi, rasmiyatchiligi bor, buni biz to‘g‘ri tushunishimiz kerak. O‘tgan 26 kunlik muddat Turkiya sharoitida normal holat ekanini eslatib o‘tmoqchiman», – deya qayd etdi u.

Tohir Abdullo hamkasbi bilan deyarli har kuni telefon orqali bog‘lanib turganini ham aytib, u hozirda saqlanayotgan joy jinoyatchilar saqlanadigan joy emasligi, muayyan sharoitlar borligini ham ma’lum qildi.

Jurnalistning advokati – voqea tafsilotlari haqida
5 yanvar kuni telekanal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Abdukarim Mirzayevning vakili advokat Mahmud Said Arslonning bayonotini ham e’lon qildi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, 10 dekabr kuni Istanbul prokuraturasi buyrug‘i bilan Abdukarim Mirzayevning uyida tintuv o‘tkazilgan va uning telefoni tekshirilgan. Biror jinoyatga shubha tug‘diradigan hech qanday holat aniqlanmagani sababli tergovni olib boruvchi prokuror gumonlanuvchidan hatto ko‘rsatma ham olib o‘tirmagan.

Shunga qaramay, politsiya Mirzayevni 3 kun idorada ushlab turgach, uni 14 dekabr sanasida Istanbul immigratsiya ma’muriyati huzuridagi repatriatsiya markaziga topshirgan.

Istanbul immigratsiya ma’muriyati 15 dekabr kuni Mirzayevga jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid qilgani uchun deportatsiya qilish va ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Buyruqda esa Istanbul prokuraturasi tomonidan yozilgan xat tufayli Mirzayev jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid solgan degan xulosaga kelingani yozilgan. Ammo prokuraturaning hech bir hujjatida Mirzayevning jinoyat sodir etgani to‘g‘risida dalil yoki ma’lumot mavjud emas, faqat tintuv o‘tkazish talab qilingan.

«Ma’muriy qamoqni tugatish to‘g‘risida Istanbul jinoyat sudiga yuborilgan arizalar murojaat sabablari o‘rganilmagan holda, hech qanday asoslarsiz rad etildi. Istanbul Immigratsiya boshqarmasi va Migratsiya bosh boshqarmasiga qilingan murojaatlarga esa javob berilmagan», – deb yozadi advokat.

«Hech qanday jinoyatda gumondor qilinmagani holda, Mirzayevni ozodlikdan mahrum qilish inson huquqlarini jiddiy buzish hisoblanadi, shu bois ma’muriy qamoq zudlik bilan bekor qilinishi darkor», – deya ta’kidlagan advokat Mahmud Said Arslon.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Abdukarim Mirzayevga nisbatan O‘zbekistonda hech qanday ish ochilmaganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar