“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

01 yanv, 08:00 2 623 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi ma’lum qilindi Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma’lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e’tirof etilgandi.

Qo‘mita axborotnomasida ta’kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etgan.

2020 yilning iyun va iyul oylarida iste’mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur’ati faqat sentabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.

Inflyatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflyatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentabr oyida 1 foiz inflyatsiyaga erishgandi).

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, bosh regulyatorning 2021 yildagi asosiy maqsadi inflyatsion targetlash siyosatini davom ettirish hamda inflyatsiya ko‘rsatkichini 10 foizdan oshirmaslikdan iborat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 128
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 123
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar