“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:31
ЎЗO‘Z

Avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishga doir hukumat qarori qabul qilindi

30 dek, 11:25 3 192 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishga doir hukumat qarori qabul qilindi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil 10 yanvardan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqi beriladi.

Belgilanishicha:

Ichki ishlar vazirligi:
a) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida karshering tashkilotlariga Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati taqdim etilishini ta’minlaydi;

b) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tezkorlik bilan kiritish bo‘yicha ishlarni kuchaytiradi;

v) Transport vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

Xalqaro amaliyotga muvofiq, jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati karshering deb e’tirof etiladi.

Bunda avtomototransport vositalari ularni ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi, shuningdek, keyinchalik uchinchi shaxslarga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 183
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar