“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:21
ЎЗO‘Z

Aziza Umarova AQSHga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida

28 dek, 00:10 3 267 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aziza Umarova AQSHga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida Bloger Aziza Umarova AQSH shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylangan Gulruhbegim Tohirjonova borasidagi xabarlar fonida opa-singil grossmeysterlar Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar tarixi haqida fikr yuritdi.

Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU
- "Men uch opa-singilni anchadan buyon bilaman va biz o‘rtancha qiz Hulkar Tohirjonova bilan birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta shaxmatchi qizlar orasida ochiq chempionat o‘tkazishga ham ulgurganmiz.

Tasavvur qiling, Qo‘qondagi oddiy oilada uch nafar qiz farzand dunyoga keladi. Uchala qizni ham ajoyib ota shaxmatga o‘rgatadi, keyin to‘garakdagi murabbiylarga olib boradi. Qizlar shaxmatdan tashqari musiqa, ingliz tili bilan shug‘ullanadi. Oilaning kattalari ularni barcha jabhada qo‘llab-quvvatlaydi.

Qizlarning kattasi — Nafisa xalqaro grossmeyster maqomini olgan ilk o‘zbekistonlik ayolga aylanadi. Mavjud bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonadi. O‘z vaqtida Islom Karimov (O‘zbekistonning birinchi Prezidenti — izoh «Daryo») unga Apple kompyuterini topshirgandi.

Qizlarning otasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, u qizlarining murabbiylar va xalqaro musobaqalar uchun ketadigan xarajatlarini hamma vaqt qoplagan. Bu uch sportchiga oz bo‘lmagan miqdorda pul sarflagan. Shaxmat federatsiyasi rahbarida ham qiz farzand bor, u ham shaxmat musobaqalarida qatnashadi. Biroq har doim opa-singillarga mag‘lub bo‘ladi. Shundan federatsiya va opa-singillar o‘rtasidagi munosabat u qadar yaxshi emasdi.

Nafisa 2007 yilda hududiy musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu uni 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 2008 yilgi Osiyo chempionati va 2010 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi bronza medallariga yetaklaydi.

Federatsiya bilan keskin munosabat 2014 yilda — uchala opa-singil (o‘sha vaqtda sport ustasi maqomini olishga ulgurgan Gulruhbegim ham) reyting bo‘yicha Olimpiada terma jamoasi a’zosiga aylanganda o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.

Mamlakatning birinchi raqamli shaxmatchisi nima bo‘lgan taqdirda ham qatnashar edi, biroq qolgan ikki singilga ruxsat berilmadi. Uchala qizdan faqat bir nafari bora olishi aytiladi. Shaxmatchilarning yuqori reytingiga qaramay federatsiya shu qarorni qabul qiladi. Bunaqasi hech qaysi qoidalarda yozilmagan va aniq tushuntirish berilmagan. Opa-singillar bu adolatsiz qarorga qarshi chiqadi va o‘z kuchlarini barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun ochiq ravishda qo‘shimcha o‘yin tashkil qilishni taklif qiladi. Federatsiya rad etadi. Oxir-oqibatda uchala opa-singil ham ishtirok etishdan bosh tortadi. Sababi ular O‘zbekiston terma jamoasida birga dona surishni butun umr orzu qilgandi.

Qizlar keyingi barcha yillarda turli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kenja qiz — Gulruhbegim hatto Jahon chempionati yarim finaliga qadar yetib bordi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol shaxmatchi bu natijani qayd etdi! Siz uni Toshkentda muxlislar to‘dasi kutib oldi deb o‘ylaysizmi? Uni hech kim kutib olmadi, avtomobil kalitini gapirmay qo‘ya qolay, hatto bir dasta gul ham berilmadi. Uning muvaffaqiyatlari har doim e’tiborsiz qolardi, balki bunga federatsiyaning «sa’y-harakatlari» sabab bo‘lgandir.

Gulruhbegim AQSHda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. U yerda uning mashg‘ulotlari, klubdagi faoliyati uchun ketgan barcha xarajatlari qoplab berilmoqda. Unga hech qanday federatsiya xalal berolmaydi. Hech qanday qiziqishlar to‘qnashuvi bo‘lmaydi. Unda g‘alabalar sari borish uchun yaxshiroq sharoit bor.

Bizda bu kabi iqtidorli qizlarni qadrlamasliklaridan afsusdaman. Biroq bu ajoyib shaxmatchilar qachonlardir Qo‘qondagi oddiy o‘zbek oilasida tug‘ilganidan cheksiz faxrdaman. Ular qayerda sovrinli o‘rinlarni egallamasin, o‘zbek bo‘lib qoladi. Qolgani — sport funksionerlarining aybi. Ota esa — tilla odam.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar! Siz millatimiz g‘ururisiz", - deydi Aziza Umarov.

Avvalroq Gulruhbegim Tohirjonova AQSHning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSH nomidan qatnashishi ma’lum bo‘lgandi. Uning otasi Alisher Mo‘minov bu qizining shaxsiy tanlovi ekani haqida aytib o‘tgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 247
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 429
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 225
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 287
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 211
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar