“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:52
ЎЗO‘Z

“Jenoa” muxlislari Shomurodov haqida nima deyapti?

27 dek, 00:30 3 347 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” muxlislari Shomurodov haqida nima deyapti? Yangi yil oldidan ko‘plab milliy chempionatlar qatori Italiya A Seriyasi ham qisqa muddatli tanaffusga chiqdi. 2020 yilning so‘nggi uchrashuvidan oldin bosh murabbiyni almashtirgan “Jenoa” yangi yilni xush kayfiyat bilan kutib oladi. Chunki genuyaliklar so‘nggi bellashuvda asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Spetsiya” maydonidan g‘alaba bilan qaytganini yaxshi bilasiz.

Qisqa muddatli tanaffusdan foydalanib, futbol muxlislari jamoadagi o‘zgarishlar, transferlar va yangi kelgan futbolchilar o‘yini bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lyapti. Xususan, “Jenoa”ning keyingi paytdagi eng qimmat transferlaridan hisoblangan Eldor Shomurodov bo‘yicha asosan ijobiy munosabatlar bildirilmoqda. Biroq, o‘zbek hujumchisining o‘yinidan qoniqmayotgan muxlislar ham tanqid toshini otishdan tortinayotgani yo‘q.

E’tiboringizga genuyalik muxlislarning Shomurodov haqidagi fikrlarini havola etamiz.

Roberto Mangione:
Franchesko Kassata va Eldor Shomurodov omadsiz transfer bo‘ldi. Birinchisi doimiy jarohatda, ikkinchisi ham bir shikastlandi va keyin darvozani ishg‘ol qila olayotgani yo‘q.

Marco Rossario:
Transferlarimiz o‘zini oqlashiga ishonaman. Menimcha, Shomurodov transferi istiqbolli xaridlarimizdan. Hozircha, jarohatdan keyin Eldorning o‘yini ochilganicha yo‘q va yangi chempionatga to‘liq moslashib ulgurmadi. Unga biroz vaqt berish kerak. E’tibor bering, “Atalanta” ham Rossiya chempionatidan o‘yinchi oldi. Aleksey Miranchukning narxi Eldornikidan ikki baravar qimmat. U “Atalanta” safida deyarli o‘ynamayapti. Shomurodov esa ancha foyda keltirmoqda.

Massimo Marchi:
Transferlarga baho berishga hali biroz erta. Yangi futbolchilardan birortasi kutilgan o‘yinni namoyish qilgani yo‘q. Ular orasida umuman yo‘qolib qolganlar ham, kelajak uchun umid uyg‘otayotganlar ham bor. Shaxsan men Eldor Shomurodov, Mattia Destro va Davide Dzappakostaga ishonaman.

Elisa Caviglia:
Seleksiya – dahshatli narsa. V Seriyaga tushib ketish hech gap emas. Tanilmagan o‘zbekistonlik hujumchi uchun katta summa to‘langanini tushinish qiyin.

Micael Tomassoni:
Menga Davide Ballardinining kelgani yoqdi. Birinchi o‘yindayoq g‘alaba qozondi. U kelgunicha jamoa hafsalamni pir qilayotgan edi.

Carmine Buonissimo:
Yangi futbolchilar hayratga solgani yo‘q. Eng kuchli o‘yinchi bo‘lishi kutilgan Davide Dzappakosta yarim yil davolandi. Franchesko Kassata hali o‘ynamadi. Eldor Shomurodov maydonga tushgan bo‘lsa ham foyda keltirmadi.

Giogio Stefano: (Carmine Buonissimo izohiga javoban)
Shomurodovni tanqid qilmang! U harakat qilyapti, jamoa uchun kurashyapti. Bunga qo‘shimcha tarzda, gol urib, samarali pas oshirganini ta’kidlash kerak. Bu hali boshlanishi.

Italiya A Seriyasi o‘yinlari 3 yanvar kuni yana start oladi. 15-tur uchrashuvida “Jenoa” o‘z maydonida “Latsio” futbolchilarini qabul qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 0
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 1
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 0
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 436
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar