“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:21
ЎЗO‘Z

Gulruhbegim Tohirjonovaning otasi: «O‘zimizning federatsiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?»

25 dek, 07:37 3 573 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulruhbegim Tohirjonovaning otasi: «O‘zimizning federatsiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?» Foto: FIDE
O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQSH shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylandi. 21 yoshli shaxmatchi AQSHning Missuri universiteti jamoasi safida dona surmoqda va bundan keyin xalqaro musobaqalarda Amerika sharafini himoya qiladi.
«Daryo» muxbiri Gulruhbegimning bu tanloviga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida sportchining otasi Alisher Mo‘minov bilan bog‘landi.

«Gulruhbegim AQSH shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylandi. U 21 yoshga kirdi va bu borada o‘zi qaror chiqardi. Fuqaroligini o‘zgartirgani yo‘q, u hali ham O‘zbekiston fuqarosi. Faqat musobaqalarda AQSH nomidan qatnashadi.

AQSH federatsiyasi qizimga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Masalan, hozirda u Missuri universitetiga tahsil olmoqda. AQSH olti yillik o‘qishi uchun 150 ming dollar mablag‘ ajratgan. Barcha xarajatlari, xususan, musobaqalarga borishi xarajatlari ham qoplab berilmoqda, murabbiylar bilan ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga bunday o‘yinchilar kerak emas! Federatsiya Gulruhbegimning opalari Xulkar va Nafisani terma jamoadan chiqarib yuborish uchun bor imkoniyatini ishga soldi va shunga erishdi. O‘zimizning federatsiyaga kerak bo‘lmasa, biz nima qila olamiz?

Qaytaraman, bu qizimning qarori. Men ota sifatida uning qarorini qo‘llab-quvvatladim. Yana bir jihat, federatsiya almashtirish murakkab ish emas. Agar u O‘zbekistonga haqiqatda kerak bo‘lsa, qaytib kelishi mumkin
», — deydi Alisher Mo‘minov.

Ta’kidlash joiz, Gulruhbegim ayollar o‘rtasida 2018 yilgi Jahon chempionatida qatnashib, chorak finalga qadar yetib borgan va unda bo‘lajak chempion Szyuy Venszyunga yutqazib qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Mo‘minovning uch nafar qizi — Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar professional shaxmatchi hisoblanadi. Nafisa Mo‘minova 2013 yilda xalqaro grossmeyster maqomini olgan va bu borada O‘zbekistondagi ilk ayol grossmeysterga aylangandi. Uning singillari ham qator xalqaro musobaqalar g‘olibi hisoblanadi. Ayni vaqtda Nafisa Mo‘minova Yevropaning nomdor shaxmat klubida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 216
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 73
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 203
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 364
  • Qasamlardan qaytildimi? Xavi yana bir yil "Barsa"da qolishi mumkin 22 apr, 20:00 106
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar