“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:23
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura: Zoopark rahbariga «ish» ochildi

24 dek, 15:46 3 699 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura: Zoopark rahbariga «ish» ochildi «Mehr va oqibat» hayvonlarni muhofaza qilish jamiyatining Navoiydagi hayvonot bog‘ida («Feruz Umid» MCHJga tegishli) qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligidan yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22 noyabr hayvonot bog‘ida o‘rganish o‘tkazilib, qush va hayvonlarni saqlash sharoitlarida kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida, yovvoyi hayvonlar (bir bosh bo‘ri, jayra, qirg‘ovul, qora tasqara, burgut, ukki, kal jurchi, qamish mushuklar) mazkur maskanda ruxsatnomasiz saqlanib, O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan MCHJ rahbariga MJtKning 90-moddasi (hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi hamda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun shahar ma’muriy sudiga yuborildi.

Shuningdek, ruxsatnomasiz saqlanayotgan hayvonlar «Toshkent hayvonot bog‘i» MCHJ mutaxassislari ishtirokida vaqtincha saqlash uchun poytaxdagi hayvonot bog‘iga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 29
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Bo‘limlar