“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:43
ЎЗO‘Z

Shomurodov Kavani darajasiga chiqadi!

23 dek, 23:46 4 969 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodov Kavani darajasiga chiqadi! Italiya A Seriyasida so‘nggi pog‘onaga tushib qolgan “Jenoa”ga Davide Ballardini bosh murabbiy etib tayinlangani genuyalik muxlislarda kelajakka umid uyg‘otdi. Ma’lumki, bu mutaxassis “Jenoa”ni avval ham uch marotaba qiyin vaziyatda qabul qilib olib, muvaffaqiyatsizliklardan qutqarib qolgan.

Qolaversa, “Jenoa” muxlislari yangi murabbiy qo‘l ostida futbolchilar hujumkor o‘yin ko‘rsatishiga ishonmoqda. Avvalgi murabbiy Rolando Maran hujumga yetarli e’tibor qaratmagani, hujumchilarni tez-tez almashtirib, ularga o‘ynash imkonini bermagani, ko‘p xatoga qilayotgan himoya chizig‘ida o‘zgarishga qo‘l urmagani, maydon markazida ustunlikni ta’minlay oladigan futbolchilarni o‘ynata olmagani uchun keyingi paytda ko‘p tanqid qilinayotgan edi.

Genuyalik futbol muxlislari bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadigan “Spetsiya”ga qarshi o‘yin oldidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda. E’tiboringizga italiyalik ishqibozlarning Eldor Shomurodovga tegishli gaplarini havola etamiz.

Francesco Bisogno:
Ballardini jamoada qanday o‘zgartirishlar qilishi qiziq tuyulyapti. Menimcha, ko‘p o‘yinchilar asosiy tarkibdagi joyidan ayriladi. Eng muhimi, hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov va Mattia Destro tandemini saqlab qolishdir. Skamakkaning hujumda yurganini ko‘rgim kelmayapti.

Domenico Tortora:
“Spetsiya”ga qarshi uchrashuvda jamoamiz o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qilishi kerak. Yangi murabbiy keldi, o‘yinchilarimiz unga o‘zini ko‘rsatish uchun astoydil harakat qiladi, degan umiddamiz. Ayniqsa, hujumchilardan sifatli o‘yin kutyapman. Yaxshiki, bizda hujumchilar ko‘p. Shomurodov va Destro o‘zini ko‘rsata olmasa, ularning o‘rniga Goran Pandev va Marko Pyatsani tushirish mumkin.

Franco Fiorentino:
Yangi murabbiy bitta hujumchi bilan o‘ynash taktikasini qo‘llashi mumkin. Bunaqa bo‘lsa, Eldor zaxirada qoladi. Chunki Mattia Destro hozir yaxshiroq o‘ynamoqda. Lekin jamoada hujumchi ko‘p.

Alessandro Razzi:
Ballardini yozda olingan hujumchimizning yangi qirralarini kashf etishiga umid qilyapmiz. Edinson Kavani aynan Ballardini davrida yulduzga aylangan edi. Eldor Shomurodov ham o‘zbeklarning Kavanisi bo‘lsin, Edinsonning darajasiga chiqsin!

Alessandro Moscarino:
Ballardini o‘tgan gal jamoani boshqarganida Kshishtof Pyontekni kashf qilib, uni A Seriyaning eng zo‘r hujumchisiga aylantirgan edi. Hozirgi tarkibda yulduz bo‘lishga loyiq futbolchilar bormi? Yoshi katta o‘yinchilarimiz endi porlay olmasligi aniq. Males va Asoro hech narsaga erisha olmadi. Bor umidimiz Eldor Shomurodovdan. Shuningdek, Janluka Skamakka ham bor. Ular hech bo‘lmasa, Pyontek darajasiga chiqishi kerak.

Luigi Riga: (Alessandro Moscarino izohiga javoban)
Shomurodovda salohiyat katta. O‘tgan mavsumda 30 ta uchrashuvda 11 ta gol va sakkizta golli pas muallifi bo‘lgan. Bu jiddiy natija!

Antonino Bonafede:
Pandev o‘zining eng zo‘r o‘yinlarini Ballardini davrida ko‘rsatgan. Bu gal ham Goran asosiy tarkibda Shomurodov yoki Destro bilan birga o‘ynashi mumkin.

Nicola Lo Conte:
Ballardini boshqaruvida jamoa hujumga e’tibor qaratishiga ishonaman. Bizda yaxshi hujumchilar bor – Destro katta iste’dod sohibi, Shomurodovning salohiyati yuqori, Skamakka juda baquvvat, Pandev boy tajriba egasi. Albatta, ularning barchasi bir sxemaga sig‘maydi. Ballardini esa, bu vaziyatga chiroyli yechim topishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 0
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 10
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 94
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 258
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar