“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 09:46
ЎЗO‘Z

Ertaga «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining premerasi bo‘ladi

06 dek, 09:49 4 347 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ertaga «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining premerasi bo‘ladi Joriy yilning 7 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda, soat 17:00 da «O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan «Inson» kinostudiyasida rejissyor Baqo Sodiqov tomonidan suratga olingan «Mahmudxo‘ja Behbudiy» tarixiy-badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.

Film taniqli dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Behbudiy haqida bo‘lib, bundan 18 yil ilgari buyuk alloma haqida suratga olinishi boshlangan badiiy film ba’zi sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. Oradan vaqt o‘tib, mazkur badiiy film ustida qayta ishlanib, qo‘shimcha tasvirga olish ishlari amalga oshirildi. «Mahmudxo‘ja Behbudiy» badiiy filmi buyuk ma’rifatparvar adib tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan.

Ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug‘bek Sodiqov, rejissyor Baqo Sodiqov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirrajabova, postanovkachi operator Ravshan Musayev, kartina direktori Fayzirahmon Usmonov.

Filmda rollarni Faxriddin Shamsimatov, Afzal Rafiqov, Yayra Abdullayeva, Obid Yunusov, Mahmud Ismoilov, Furqat Fayziyev, Saidkomil Umarov, Ubaydullo Omon, Sayfiddin Meliyev, Mehriddin Rahmatov kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 142
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 280
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 353
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 0
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 1
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 3
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 26
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 12
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 57
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 228
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 432
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 358
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 194
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 144
  • Bo‘limlar