“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 20:10
ЎЗO‘Z

Dvigateli ishlamay qolgan samolyot trassadagi yo‘ltanlamasga borib urildi

05 dek, 19:57 4 113 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dvigateli ishlamay qolgan samolyot trassadagi yo‘ltanlamasga borib urildi Foto: WKYS Channel 3
Minnesota shtatida yo‘ltanlamas va samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dvigateli ishlamay qolgan samolyotning 52 yoshli uchuvchisi Kreyg Gifford uchish qurilmasini avtomobil trassasiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Biroq barchasi oson kechmagan: bir motorli yengil Bellanca Viking samolyoti Ford Explorer’ga borib urilgan, deb xabar beradi Motor.

Yo‘ltanlamas orqasiga samolyot kelib urilgan vaqtda o‘z yo‘nalishi bo‘ylab shoshmasdan harakatlanayotgan bo‘lgan: Explorer qanot zarbasining kuchidan 180 darajaga burilib ketgan. Mahalliy OAVning yozishicha, Bellanca Viking’ni aviafristayl bo‘yicha bellashuvlarda ko‘p marotaga ishtirok etgan tajribali uchuvchi boshqargan. Biroq avariyadan qochishning imkoni bo‘lmagan — samolyotning qanotlari bilan uzunligi 10,4 metrga yetadi, shu sababli u shossening uchala bo‘lagini ham to‘sib qo‘ygan.

Baxtli tasodif tufayli to‘qnashuv u qadar katta tezlikda sodir bo‘lmagan va hech kimga jarohat yetmagan.

Samolyot ichida Gifforddan tashqari bir ayol ham bo‘lgani aytilmoqda. Avariyaga uchragan Bellanca Viking va shikast yetgan Ford Explorer trassani yopib qo‘ygani sabab politsiya avariya oqibatlari bartaraf etilgunga qadar harakatni vaqtincha yopib qo‘ygan. Hodisa joyiga evakuator yetib kelib, samolyotni tortib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 77
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 14
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 46
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 26
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 97
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 180
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 45
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 47
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 147
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 124
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 160
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 217
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 202
  • Bo‘limlar