“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni ma’lum qilindi

02 dek, 10:33 3 169 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni ma’lum qilindi Foto : MED360
2020 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda OITSga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mamlakatda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishib kelmoqda.

Yurtimizda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “90-90-90” strategik maqsadlariga erishishida katta ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda 78ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PSR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Davlatimiz tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan ta’minlash uchun har yili 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda
”, - deydi Qahramon Yo‘ldoshev.

Qayd etilishicha, OIV aniqlangan shaxslarni davolashning dunyoda tan olingan usuli – retrovirusga qarshi davolash bo‘lib, respublikada bemorlarning 70 foizdan ortig‘i ushbu davolash usuli bilan qamrab olingan.

Pandemiya davrida chet eldan kelgan 261 394 nafar mehnat muhojirlari OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olindi va OIV aniqlangan holatlarda dispanser nazoratiga olindi.

Pandemiya sharoitida bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan bolalarga quruq sut aralashmalari oylik ehtiyojidan kelib chiqib, 3 oylik zaxirasi bilan tarqatildi
”, - deya aytib o‘tdi OITSga qarshi kurash markazi direktori.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar