“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston konstitutsiyasi qayta yozib chiqilmoqda

02 dek, 08:00 2 256 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston konstitutsiyasi qayta yozib chiqilmoqda Foto: «24.kg»
Qirg‘izistonda mamlakat konstitutsiyasini qayta yozib chiqish bo‘yicha konstitutsion majlis bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Majlis a’zosi Edil Baysalovning ma’lum qilishicha, majlis shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki juda faol o‘tmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir shaxslar konstitutsion majlis avvaldan tasdiqlangan ssenariy bo‘yicha o‘tayotganini aytmoqda.

«Biz uchta seksiyada ishlayapmiz, bizda intensiv ish ketmoqda. Biz har bir harfni solishtiryapmiz, amaldagi konstitutsiya asosida ishlayapmiz, uni qo‘shni davlatlarning asosiy qonunlari bilan taqqoslayapmiz. Birinchi marta konstitutsiyamiz ona (qirg‘iz) tilida yozilayotgani menga yoqyapti. Asosiy qonunning matni ustida ishlash chog‘ida ma’lum atamalar qirg‘iz tilidagi tarjimada pala-partish va noaniq ifodalanganini ko‘ryapmiz», — dedi Edil Baysalov.

Majlis a’zosining qayd etishicha, yakuniy qaror konstitutsion kengash tomonidan qabul qilinmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar ko‘chadan kelib o‘z takliflarini bermoqda, ular orasida muqaddam ozodlikdan mahrum qilinganlar ham mavjud.
«Har kim kelishi mumkin, biroq biz shunchaki majlis organimiz. Bu loyiha qanday ko‘rinishda qabul qilinishini biz hal qilmaymiz, biz o‘zimizga bunday vakolatni ololmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Edil Baysalov.

Shuningdek, majlis a’zosining qayd etishicha, avvalroq 80 nafar deputatning imzosi bilan e’lon qilingan asosiy qonun loyihasining matni umuman boshqa. Edil Baysalovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat parlamenti saytida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan matn konstitutsion majlisda ko‘rib chiqilayotgan matndan farq qiladi.

Qirg‘iziston konstitutsiyasini qayta yozib chiqish Sadir Japarovning tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Japarov bir necha marta gapirgan. Biroq asosiy qonunni qayta yozish vakolati 2020 yilning 28 oktyabrida tugagan oltinchi chaqiriq deputatlari zimmasiga yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 4
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 3
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 61
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 133
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 196
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 0
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 0
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 1
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 2
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 6
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 30
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 117
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 41
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 61
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 150
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 45
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 30
  • Bo‘limlar