“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:35
ЎЗO‘Z

Apple iPhone’larning «suv o‘tkazmasligi» sabab 10 mln yevro jarimaga tortildi

01 dek, 21:50 3 652 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple iPhone’larning «suv o‘tkazmasligi» sabab 10 mln yevro jarimaga tortildi Foto: IXBT
Italiya Monopoliyaga qarshi kurashish organi iPhone qurilmalarining reklama kampaniyasi sabab Apple’ni 10 million yevro jarimaga tortdi. Regulyatorning ma’lum qilishicha, Apple o‘z reklamasida iPhone qanchalik uzoq vaqt suv ostida tura olishi borasidagi ma’lumotlari bilan foydalanuvchilarni chalg‘itmoqda, deb xabar beradi IXBT.

Apple o‘zining iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone XR, iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max qurilmalariga bog‘liq turli marketing materillarida smartfonlar bir metrdan to‘rt metrgacha chuqurlikdagi suv ostida 30 daqiqacha tura olishini ma’lum qilgan.

Biroq Italiya Antimonopoliya organining ta’kidlashicha, reklamada ushbu talablar ma’lum bir sharoitga mos kelishiga oydinlik kiritilmagan, masalan, toza suvdan foydalanilgan holda nazorat qilinadigan laboratoriya sinovlarida.

Nazorat qiluvchi organ, shuningdek, Apple’ning suyuqlik sabab yetgan zararni qoplanmaydigan kafolat shartlariga ham qo‘shilmagan. Hukumat suv o‘tkazmaslik xususiyatini birinchi planga olib chiqish va shu bilan birga, suvga tushib ketgan smartfonlarga kafolat doirasida xizmat ko‘rsatmaslikni to‘g‘ri emas deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Italiya Apple’ni smartfonlarning ishchanligini qasddan sekinlashtirgani uchun 10 million yevro jarimaga tortgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 80
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Bo‘limlar