“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

Ortiqova — «sinchalak», Valiyev — «eshonbuva», Shamsutdinov — «pojarniy»...

01 dek, 18:03 3 904 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqova — «sinchalak», Valiyev — «eshonbuva», Shamsutdinov — «pojarniy»... O‘tgan hafta avvalida Toshkentda boshlangan ommaviy sayyor qabullar kuni kecha nihoyasiga yetdi. Bunday tadbirlarda qancha kishi qabul qilingani-yu nechtasining mushkuli oson bo‘lgani muhim, albatta. Biroq bundan ham muhimi— sayyor qabullar sabab aholi va amaldorlar o‘rtasidagi ko‘rinmas to‘siqlarni yo‘qolayotganida.

Poytaxtda o‘tgan bu galgi tadbirda shunday holat ko‘zga tashlandi. Ya’nikim, kecha o‘tgan tadbirda Toshkent shahar prokurori qabuliga kiraman degan oz bo‘lmadi. Navbatini kutayotgan murojaatchilarni kuzatar ekansiz, ularning ayrimlari o‘zaro suhbatida «Eshonbuva», «Hoji aka» degan so‘zlar quloqqa chalindi deng.

«Eshonbuva» (yoki «Hoji aka») — poytaxt prokurori Bahriddin Valiyevning, ta’bir joiz bo‘lsa, «ikkinchi ismi». Illo, bunda g‘ayrtabiiylik yo‘q. Aksincha, buning zamirida insonning avlodiga hurmat barobarida unga o‘zini yaqin olish bor. Amaldorga nisbatan oddiy xalq vakillarining bunday munosabati ikki o‘rtadagi ko‘zga ko‘rinmas pardalar ko‘tarilayotganidan darak bermaydimi?

Ikkinchidan, tizimni «xalq prokuraturasi»ga aylantirish harakati boshlangan ekan, buning ilk uchqunlari prokurorning mansabi yoki rutbasidan ko‘ra, uning «ikkinchi ismi» yoki orqavarotdan berilgan nisbat ko‘proq tilga olinishida ko‘rinadi. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga «sinchalak», ayni mahkama matbuot xizmati rahbari rahbari Hayot Shamsutdinovga «pojarniy» yoki poytaxt prokuraturasining «tovonidan o‘t chiqadigan» xodimi Sevara Saidjonovaga «qaqajon» kabi nisbatlar ravo ko‘rilgani ularning jamoatchilik bilan yaqinligini ifodalaydi aslida!

Endi asosiy mavzuga o‘tsak.

Kechagi sayyor qabulda eshonbuvaning huzuriga kiraman deganlar ko‘p bo‘ldi. Tadbirda jami 214 nafardan ortiq fuqarolar turli mazmundagi 221 ta masala bo‘yicha murojaat etgan bo‘lsa, ularning 161 nafarini tinglash Toshkent shahar prokuraturasi rahbariyati chekiga tushdi.

Murojaatlarning umumiy mazmuni o‘sha-o‘sha: tergov va surishtiruv (60 ta), sud qarorlari (30ta) yoki ularning ijrosidan (10ta) norozilar shikoyatlarchilarning qariyib yarmini tashkil qildi. Uy-joy, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy himoya masalasida kelganlar (16 ta) avvalgi sayyor qabullarga taqqoslaganda ancha kamaygan. Biroq qurilish, kommunal va boshqa iqtisodiy sohalar bo‘yicha murojaatchilar soni ( 35ta) birmuncha oshganini ko‘rish mumkin. Sayyor qabulda 28 ta murojaat joyida hal qilingani tuman darajasida yechim topadigan muammolar ham serobligi, mahalliy rahbarlar fuqarolar bilan yanayam jiddiyroq ishlashi kerakligini ko‘rsatadi.

Murojaatlarning 137tasi poytaxt darajasidan yuqoriroqda hal etiladigan masala bo‘lgani uchun ularni Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilishi tashkillashtirildi. Shuningdek, sud qarorlaridan norozilik aks etgan murojaatlarni ariza mualliflari ishtirokida o‘rganish yuzasidan topshiriqlar berildi, Bosh prokuror o‘rinbosari nazoratiga olingan murojaatlar esa, tegishliligiga ko‘ra, hududiy prokurorlarga yuborildi.

Shu o‘rinda yana bir gap. Sayyor qabullarda murojaatchilarning hammasini murodi hosil bo‘ladi deyish qiyin. Chunki, barcha shikoyatlar to‘g‘ri va asosli ekaniga kafolat yo‘q. Ikkinchidan, sayyor qabulga muammosi hal bo‘lishiga ishonib kelganlar ham bor, ikkilanib kelganlar ham. Ikkilanib turganlarga tadbirga bosh-qosh bo‘layotganlardan biri — Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmaxmatovni uzoqdan ko‘rsatib, u haqda eshitgan-bilganlarimiz aytdik. Bilganimizki, «Haqiqat egiladi-bukiladi, ammo sinmaydi» maqoliga shu inson taqdiri ham misol bo‘lgudek...

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 27
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 259
  • “Tolibon” O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi 22 apr, 18:32 150
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 22 apr, 14:50 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 0
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 1
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 19
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 54
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 52
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Bo‘limlar