“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

Ziyofatxo‘r sudyalar va «soqqachi» sud xodimlari bo‘yicha bayonot berildi

01 dek, 12:23 3 819 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ziyofatxo‘r sudyalar va «soqqachi» sud xodimlari bo‘yicha bayonot berildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ziyofatxo‘r sudyalar va «soqqachi» sud xodimlari masalasida bayonot berdi.

Gap shundaki, kecha Oliy sudda bo‘lib o‘tgan «Odil sudlovni ta’minlash – O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli hududga aylantirishning muhim omili» mavzuidagi konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari ayrim sudyalarning quyushqonga sig‘mas xatti-harakatlarini tilga olingandi. Xususan, Toshkent viloyatidagi shaharlarning birida ikki nafar sudya ozodlikdan cheklash jazosiga hukm etilib, muddatini o‘tayotgan shaxsning ziyofatida aziz mehmon bo‘lgani, keyinroq ulardan biri mahkumni ozodlikka chiqargani og‘riq bilan qayd etiladi.

Shuningdek, poytaxt ma’muriy sudlarining ayrim sudyalari va sud xodimlari (IIB YPX xodimlari bilan til biriktirib) yo‘l harakati qoidalari buzilganligi yuzasidan tuzilgan ma’muriy ishlarni «o‘yin» qilib, 5 mingga yaqin soxta qaror chiqargani, buning oqibatida 8 milliard so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilgani aytildi.

Oliy sud matbuot xizmati bayonotida «faqat holatlar aytilib, ko‘rilgan choralar haqida gapirilmaganligi» bois tushunmovchiliklar chiqib, «qator ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgani» ta’kidlanadi. Va: «...joriy yilning 11 oyi mobaynida o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilganligi, shuningdek 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi» ma’lum qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar