“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 00:29
ЎЗO‘Z

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi

01 dek, 11:51 2 545 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari kuchaytirildi Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 noyabr kuni koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

1 dekabr kunidan kuchga kiradigan yangi choralar qatoriga ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati kiradi.

Shuningdek, dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

Yangi chora-tadbirlarga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta kishilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi. Restoranlarga faqat yetkazib berish uchun ishlashga ruxsat beriladi. Savdo markazlariga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak bo‘ladi.

Bungacha Turkiyada faqat dam olish kunlarii komendantlik soati mavjud edi. Ammo mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasi, ko‘rilgan choralarga qaramay, o‘sishda davom etdi.

Turkiyada COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 600 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan. 13,5 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 0
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 4
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 54
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 66
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 159
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 623
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 4
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 54
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 110
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 46
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 66
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 88
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 145
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 151
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 127
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 159
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 263
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 623
  • Bo‘limlar