“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 20:28
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasini muhokama qildi

01 dek, 11:16 3 017 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasini muhokama qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qayd etishlaricha, prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildi. Xususan, 2020 yil dekabrida videoanjuman shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan (yig‘ilish dastlabki reja bo‘yicha 16 oktabrda o‘tkazilishi kerak edi).

Mirziyoyev va Putin koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror sur’at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan. Jumladan, o‘zaro tashriflar faol amalga oshirilmoqda, o‘zaro savdo hajmlari ortmoqda, ustuvor loyihalar hamda gumanitar almashinuv dasturlari davom ettirilmoqda.

Kreml matbuot xizmatining axborotida ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlarining telefon muloqoti chog‘ida «koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan». Kremlning qayd etishicha, muloqot O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev O‘zbekistonda 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshida koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlari boshlanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF)ga 500 doza vaksina olish bo‘yicha so‘rov yuborilgan.

Sentabr oyida RTIF O‘zbekistonning «Laxisam» farmatsevtika kompaniyasi bilan 35 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Xitoy, AQSH va Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan vaksinalar ham sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 57
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 78
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 25
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 28
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 95
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 304
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chiqish yo‘q”: NATOning sobiq maslahatchisi G‘arbning Ukraina bo‘yicha vahimasi haqida gapirdi 20 apr, 19:38 13
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 34
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 50
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 22
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 22
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 69
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 129
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 210
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 57
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 86
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 154
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 212
  • Bo‘limlar