“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:27
ЎЗO‘Z

Ayb uchun jazo muqarrardir!

30 noya, 22:00 2 762 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayb uchun jazo muqarrardir! 2020 yil 27 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida 1971 y.t. Astanov Tulkun Tashmuratovichga nisbatan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Sudda Uchtepa tuman IIOFMB probatsiya guruhining T.Astanovga nisbatan taqdimnomasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi 2019 yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-1 moddasida ko‘rsatilgan jinoiy qilmishlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan. Biroq, insonparvarlik prinsiplaridan kelib chiqib, tayinlangan jazo shartliga o‘zgartirilib, unga nisbatan 2 yil sinov muddati belgilangan edi. Qonunchilikka muvofiq, sud T.Astanovga Toshkent shaxri hududini tark etmaslik majburiyati yuklangan.

Ammo, T.Astanov o‘rnatilgan majburiyatlarga rioya qilmay Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani va Toshkent viloyatining Chinoz shahriga borib, huquqni muxofaza qilish idoralari tomonidan tergov qilinayotgan turli jinoyat ishlariga jalb etilgan shaxslar bilan uchrashib yurgan. Ularga o‘zini “davlat idoralaridan aziyat chekkan shaxslar himoyachisi” sifatida tanishtirib, ularni qonun posbonlariga nisbatan bo‘hton va noxolis ma’lumotlar berishga ko‘ndirib, ushbu materiallarni Internet tarmog‘iga joylashtirib kelgan.

Xususan, S.Abdullajanova ham T.Astanovning aldoviga ishongan holda uning ta’sirida dastlabki tergov organlari tayziqi ostida bo‘lganligi, diniy vajlar asosida so‘roq qilinganligi xususida Internetda yolg‘on murojaatlar tarqatgan.

T.Astanov o‘zi bilan aloqa bog‘laganlarga, tergov-surishtiruv idoralarini yomonlash, xususan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar va diniy yo‘nalishdagi ijobiy o‘zgarishlarga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarish maqsadida tayyorlangan yolg‘on ma’lumotlarni yetkazishlarini talab qilgan.

Shuningdek, T.Astanov probatsiya guruhi xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay, sud hukmiga nisbatan hurmatsizlik qilib, belgilangan majburiyatlarni bajarmasdan kelgan. Qolaversa, Internet tarmog‘iga noxolis, tekshirilmagan va asosiz materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib, axborotlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini ham buzgan.

Sud to‘plangan ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, belgilangan majburiyatlarini muntazam buzib kelganligi, probatsiya guruhining qonuniy talablarini bajarmaganligi, sud tomonidan tanlangan insonparvarlik prinsipini oyoq osti qilganligi, fuqarolar orasida norozichiliklar keltirib chiqarishga urinishlarini inobatga olib, 2020 yilning noyabr oyida belgilangan sinov muddatini bekor qilib, T.Astanovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.

Hurmatli fuqarolar! Sizlardan To‘lqin Astanov singari shaxslar ta’siriga tushmaslikni, huquq va manfaatlaringiz buzilgan taqdirda mas’ul davlat tashkilotlariga va huquqni muxofaza qilish idoralariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi 29 mar, 20:11 0
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar