“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:14
ЎЗO‘Z

Saratonning oldini olish bo‘yicha 12 tavsiya

30 noya, 13:57 2 894 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saratonning oldini olish bo‘yicha 12 tavsiya Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov saratonni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

— Onkologik kasalliklar inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Dunyoda millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Onkologik xastaliklar ichida eng ko‘p uchraydigani sut bezi saratonidir. Keyingi o‘rinlarda me’da, o‘pka va bachadon bo‘yni saratoni turadi.

Garchi xavfli o‘sma kasalligini davolash mushkul bo‘lsada, uning oldini olish imkoni mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) bu borada saraton profilaktikasining 12 yo‘lini ommaga taqdim etgan. Bular quyidagilar:

1. Chekmang, har qanday tamaki shaklidan foydalanmang.
2. Yashash va ish joyingizni tamaki tutunidan xoli qiling.
3. Tana vazni me’yorida bo‘lishi uchun harakat qiling.
4. Kundalik hayotda jismoniy faol bo‘ling. Kun bo‘yi o‘tirib vaqt o‘tkazmang.
5. Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling:
- ko‘p miqdorda donli, dukkakli mahsulotlar, sabzavot va mevalar iste’mol qiling, yog‘li ovqatlarni, shakar iste’molini cheklang;
- qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, qizil go‘sht va sho‘r taomlardan imkoni boricha tiyiling.
6. Spirtli ichimliklar ichmang.
7. Quyoshda uzoq turmang, ayniqsa, bolalarni quyosh nuridan himoyalang.
8. Agar kimyoviy sanoat korxonalarida ishlasangiz, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, saraton chaqiruvchi moddalardan o‘zingizni himoya qiling.
9. Tog‘li joylarda yoki radiatsiya xavfi bo‘lgan hududlarda yashasangiz, radon radiatsiyasi bor-yo‘qligini aniqlang. Yuqori radon darajasini kamaytirishga harakat qiling.
10. Ayollar uchun:
Emizish onaning saraton bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Agar imkoni bo‘lsa, bolani emizish kerak.
11. Bolalaringizni emlash dasturida ishtirok etishlarini ta’minlang:
- Gepatit B (chaqaloqlar uchun)
- Odam papilloma virusi (HPV) (o‘smir qizlar uchun).
12. Sut bezi, bachadon bo‘yni, yo‘g‘on ichak, me’da saratonining oldini olish bo‘yicha skrining dasturlarida qatnashing.

Mamlakatimizda aholi orasida saraton profilaktikasi bo‘yicha zamonaviy sharoitlar yaratilgan va bu jarayon uzluksiz takomillashtirilmoqda.

«2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori asosida onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, skrining va yuqori texnologik tekshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 194
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 122
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 131
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar