“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2021, 12:57
ЎЗO‘Z

Sudya bosh shifokor Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha prokurorga majburiyat yukladi

30 noya, 09:00 2 478 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sudya bosh shifokor Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha prokurorga majburiyat yukladi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti lavozimida ishlagan Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlangani xabari berilgandi. Ilk sud majlisidayoq unga nisbatan jinoyat-protsessual normalari buzilgani ayon bo‘lgani aytilmoqda.

Sud majlisida ishtirok etgan «Gazeta.uz» saytining ma’lum qilishicha, dastlabki tergov jarayonida G. Yo‘ldoshevaning ayblov xulosasini rus tilida berish talabi ta’minlanmagan va u «jinoyat ishi» bilan tanish emas. Shuningdek, sud majlisida ayolning advokati iltmosnoma kiritib, unga nisbatan qo‘llangan (uy qamog‘i) ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘ragan. Advokatga ko‘ra, F.Rustamovning o‘limi bo‘yicha epizodda ayblangan Sh.Ro‘zmetov va J.Ziyadullayevga nisbatan dastlabki tergov organi biriga garov, biriga esa munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat ehtiyot choralari qo‘llagan. Bu esa tenglik tamoyiliga zid hisoblanadi.

Sudya iltimosnomani inobatga olib, prokuror zimmasiga rus tilida ayblov xulosasi taqdim etishni ta’minlash chorasini ko‘rishni yukladi. Ehtiyot chorasi masalasi keyingi sud majlisida muhokama qilinadigan bo‘ldi. Keyingi sud majlisi 4 dekabrga belginlangan.

Eslatib o‘tamiz, «bosh shifokor ishi» doirasida G. Yo‘ldoshevadan tashqari yana uch nafar shaxs ham ayblanmoqda.

Shu yilning avgust oyida hibsga olingan Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, oktabr oyida u uy qamog‘iga o‘tkazilgandi. G. Yo‘ldosheva hibsdan chiqarilishi hamono (6 oktabr) Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti — 30 yoshli Shixnazar Ro‘zmetov qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgandi. Aftidan, oradan ko‘p o‘tmay Sh. Ro‘zmetovga qo‘llangan «qamoq olish» ehtiyot chorasi ham o‘zgartirilgan ko‘rinadi.

Ayni paytda to‘rtala sudlanuvchiga nisbatan ham «qamoqqa olish»dan boshqa ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Boshqalardan farqli ravishda asosiy aybdor sifatida ko‘rilayotgan G. Yo‘ldosheva «uy qamog‘i»ga o‘tkazilgan va unga ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot qilish (muayyan vaqtga ) taqiqlangan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura UzAuto Motors’ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi 05 noya, 18:05
  • Toshkentda «kattalar» orqali «ish bitiradigan» shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 23 okt, 14:45
  • Toshkent viloyati bosh infeksionistiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi kuchda qoldirildi 14 sen, 22:13
  • Bosh prokuratura «bosh shifokor ishi» bo‘yicha bayonot berdi 10 sen, 21:10
  • Koronavirus homiladorlikning qaysi davrida nisbatan xavfli ekani aytildi 31 iyul, 16:28
  • Jarqo‘rg‘onda sud xodimiga nisbatan kuch ishlatilgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 15 iyul, 16:37
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning maxsus elchisi O‘zbekiston prezidenti bilan suhbatlashdi 21 yanv, 12:29 0
  • Quvada 19 yoshli qizni uch kishi zo‘rlab nomusiga tekkani aytilmoqda 21 yanv, 11:55 34
  • Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi 21 yanv, 11:30 149
  • Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik 21 yanv, 11:00 129
  • «Mobil telefon ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda» – Shavkat Mirziyoyev 21 yanv, 10:30 174
  • Pekin AQSHning “uyg‘urlar genotsidi” haqidagi ayblovlariga javob qaytardi 21 yanv, 10:01 298
  • Shaxram G‘iyosov javob berdi: "Senga hali bor"... 21 yanv, 09:38 542
  • «Yuventus» 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylandi 21 yanv, 09:00 178
  • Zidan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 21 yanv, 08:37 325
  • 3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi! 21 yanv, 08:33 308
  • Putinning milliard dollarlik saroyi bormi? Navalniyning sensatsion surishtiruvi e’lon qilindi 21 yanv, 08:18 313
  • "Nasaf"dek klub yo‘q bo‘lib ketsa, keyin attang qilib qolamiz" - Sergey Kucherenko 21 yanv, 07:48 591
  • Bo‘limlar