“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:57
ЎЗO‘Z

Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori ayblanmoqda

30 noya, 08:00 2 976 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori ayblanmoqda Foto: «Tmbw.ru»
Argentina prokuraturasi Diyego Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori Leopoldo Lukeni ayblamoqda. Bu haqda Argentinaning NT telekanali xabar berdi.

Luke qasddan bo‘lmagan odam o‘ldirishda va bemorga yordam bermaganlikda gumon qilinmoqda. Shifokorga nisbatan ko‘rsatma Lukening xatti-harakatlaridan shubhalangan sportchining qizi tomonidan berilgan.

Avvalroq sud tibbiyot xodimining uyida tintuv o‘tkazishga ruxsat berdi. So‘ngra shifokorning klinikasi ham tintuv qilindi. Sportchining kasallik tarixiga oid hujjatlar olib ketildi.

Telekanalning xabariga ko‘ra, Maradonaning o‘limidan so‘ng boshida gematoma aniqlangan: u Olivos klinikasida operatsiya qilingan.

60 yoshli sobiq futbolchining yurak xurujidan vafot etgani 25 noyabr kuni kechasi ma’lum bo‘ldi. Maradona Buenos-Ayresdan uzoq bo‘lmagan Tigre shahridagi uyida operatsiyadan so‘ng reabilitatsiyani o‘tayotgandi. Afsonaviy futbolchining o‘limi munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi.

Ertasi kuni prezident qarorgohida afsonaviy futbolchi bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi. OAV xabariga ko‘ra, navbat 2,2 km.gacha cho‘zilib ketgan. Futbol yulduzi ota-onasining yoniga dafn etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 40
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar