“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 02:31
ЎЗO‘Z

Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi

30 noya, 08:30 3 289 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan maktub oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Azizbek Mirzaxanov Namangan shahridagi 33-umumta’lim maktabida tahsil oladi. Ingliz tili va Buyuk Britaniya tarixidan tashqari, mashhurlarning dastxatini to‘plashga ham qiziqadi.

Foto: Zohidjon Mamasoliyev
«Qirolicha har kuni dunyoning turli davlatlaridan yuboriladigan o‘nlab maktublarni erinmay o‘qib chiqishi haqida o‘qigandim. Shundan keyin menda ham u kishiga xat yuborish ishtiyoqi tug‘ildi. Maktubimda O‘zbekiston, jumladan, o‘zim tug‘ilib-o‘sgan Namangan shahri haqida hikoya qildim, ingliz tiliga qiziqishimni bildirdim, fotolar yubordim. Oradan uch-to‘rt oy o‘tib Vindzor qal’asidan javob xati keldi», — deydi Azizbek.

Javob xatida maktub uchun minnatdorlik bildirilgan va dastxat berish mavjud qoidalarga to‘g‘ri kelmasligi sababli qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i fotosi yuborilgan.

Foto: Zohidjon Mamasoliyev
Azizbekning aytishicha, u kelgusida Buyuk Britaniyada o‘qishni niyat qilgan. Xobbisini ham tashlab qo‘ygani yo‘q: Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga ham dastxat so‘rab maktub yo‘llagan, hozirda ularning javobini kutmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 101
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 172
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 95
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 85
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 43
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 85
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 32
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 39
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 49
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 76
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 153
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 129
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 82
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Bo‘limlar