“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

29 noya, 08:02 2 284 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi Ispaniya La Ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Real" - "Alaves" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 5 daqiqada Lukas Peres madridliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Xoselu darvozabonning qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. "Qaymoqranglilar" safida bu gollarga faqatgina Kazemiro javob qaytara oldi. Juniorning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni darvozaga kiritgan Kazemironing goli faqat statistika uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.

Ushbu natijadan keyin "Qirollik" klubi hisobidagi ochkolar 17 taligicha qoldi va ular 4-pog‘onada bormoqda. "Alaves" esa muhim g‘alaba tufayli 9-o‘ringa chiqib oldi. Avvalroq, Zidan shogirdlari "Valensiya"ga mag‘lub bo‘lib, "Vilyarreal" bilan durangga imzo chekkandi.

Real Madrid – Alaves 1:2
Gollar:
0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.
Alaves – Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 866
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 456
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar