“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 10:34
ЎЗO‘Z

«Bunaqa qilib pul topib, non yeganingdan tezak yeganing yaxshi». Jahongir Otajonov «O‘ynasin» klipi rejissyorini ko‘chirmakashlikda aybladi (video)

27 noya, 14:30 5 483 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bunaqa qilib pul topib, non yeganingdan tezak yeganing yaxshi». Jahongir Otajonov «O‘ynasin» klipi rejissyorini ko‘chirmakashlikda aybladi (video) Xonanda Jahongir Otajonov «O‘ynasin» klipini suratga olgan rejissyor Habibullo Nabiyevni ko‘chirmakashlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, 20 noyabr kuni YouTube’da premera qilingan ushbu klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning «Sohillar» («Berega») klipidan ko‘chirilgan.

«Habibullo ukam, isming chiroyli, muomalang chiroyli, kulib turasan, bizga o‘xshab birovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmaysan, lekin bunaqa yolg‘onchi bo‘lib turib, bitta san’atkordan shuncha ming dollarlab olib, bitta san’atkorning klipidan shunaqa darajada ko‘chirib, sahnalarini o‘g‘irlab, yana uyalmasdan, ‘Ukam qachon bu tayyor bo‘ladi, aytgan kuningga bo‘lmayapti’, deganimda, ‘Fantaziyalarimni kutdim, sizga zo‘r bo‘lsin, deb cho‘zilib ketdi’, deb aldaganingdan, bunaqa qilib aldab klip olib, non yeganingdan tezak yeganing yaxshi, ukam.

Xalqning oldida yuzingga aytyapman. Uyal, ukam, mayli o‘zingni vijdoningga, lekin men iltimos qilaman, biz bilan hamkorlik qiladigan Nevo kanalidagilardan, klipni o‘chirib yuborganilar yaxshi, o‘chirvorilar, iltimos. Uni odamlar ko‘rib, ‘prosmotridan non yeganimdan men ham tezak yeganim yaxshi, mayli o‘sha ketgan pulim ketvursin, lekin o‘sha klipni men qo‘yishga uyalaman. Maks Barskix degan san’atkor bor ekan. Men Alloh haqqi, qiyomat haqqi, bunaqa san’atkor borligini bilmasdim.

Aziz muxlislar, men sizlardan kechirim so‘rayman, klip chiqarib ko‘rsatganimga. Bu narsa uchun 9 oy kutib, ijod bir tiyin bo‘lishini bilganimda bu ishni senga buyurmagan bo‘lardim. Habi, senga rahmat, to‘g‘risi kutmagandim, Alloh hisob-kitobini qilar
», — deydi Jahongir Otajonov o‘z videomurojaatida.

Ushbu murojaat e’lon qilinganidan so‘ng xonandaning rasmiy YouTube kanalidan «O‘ynasin» klipi o‘chirib tashlandi.

«O‘ynasin» klipidagi Jahongir Otajonovning kul rang libosdagi obrazi, shu rangdagi yaltiroq sahna hamda otli attraksiondagi sahnalar haqiqatdan ham Maks Barskixning «Sohillar» klipidagi sahnalar bilan bir xil.

Bundan tashqari, internet foydalanuvchilari «O‘ynasin» qo‘shig‘i so‘zlari Ahror Usmonovning shu nomli qo‘shigidan ko‘chirilganini ham yozib qoldirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 226
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 310
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar