“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:57
ЎЗO‘Z

1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

27 noya, 11:01 3 974 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? Adliya vazirligi tomonida qonunchilikda 1 dekabrdan kutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi.
Prezident farmoniga asosan, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan MJTKning tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi.
Prezident qaroriga binoan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida davlat tibbiy sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Ushbu tizim doirasida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasida savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
«Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi elchixonasi shtatlar jadvaliga mehnatga haq to‘lash fondiga tegishli o‘zgartirishlar kiritgan holda savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.

Jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda uyushmalar ustidan o‘quv va ilmiy-uslubiy rahbarlik yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan o‘quv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xizmat itlari bilan ta’minlanadi.
«O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi Inspeksiya ehtiyojlaridan kelib chiqib, yiliga 5 tadan o‘simliklar karantini sohasidagi o‘ziga xos «detektor»lar – xizmat itlari hamda 5 nafardan kinologlar tayyorlab berilishini ta’minlaydi.

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish va sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

Ma’lumot uchun, hukumat qarorida 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilishi belgilangan.

Atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan ayrim faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan I va II toifalarga mansub bo‘lgan mo‘ljallanayotgan va rejalashtirilayotgan faoliyat turlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 218
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 258
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar