“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:31
ЎЗO‘Z

iPhone 12’ning tannarxi hisoblab chiqildi

26 noya, 00:23 3 319 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone 12’ning tannarxi hisoblab chiqildi Foto: Rie Ishii
Yaponiyaning Fomalhaut Techno Solutions tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari Apple’ning yangi smartfonlari iPhone 12 va iPhone 12 Pro’ning tannarxini hisoblab chiqishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi iPhone 12’ning tannarxi 373 dollarni, iPhone 12 Pro’niki esa 406 dollarni tashkil qiladi.

Nikkei nashrining xabar berishicha, yapon kompaniyasi mutaxassislari bu maqsadda smartfonlarni qismlarga bo‘laklashgan va ulardagi butlovchi qismlar necha pul turishini aniqlashgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi smartfonlarning eng qimmat butlovchi qismi OLED-ekrani hisoblanadi va uning narxi 70 dollarni tashkil qiladi. Gadjetlarda qo‘llangan Apple A14 Bionic protsessori 40 dollarga, Samsung’ning flesh-xotirasi 19,2 dollarga, SK Hynix DRAM tezkor xotira 12,8 dollarga va Sony’ning fotosensorlari 5,5-7,4 dollarga baholangan.

Yangi iPhone’larda qo‘llangan butlovchi qismlarning 26,8 foizi Janubiy Koreya kompaniyalarida, 21,9 foizi AQSHda ishlab chiqarilgan.
Tahlilchilar gadjetlar tannarxini hisoblashda ishlab chiqish, reklama, marketing, logistika xarajatlarini hisobga olishmagan.

Ayni vaqtda AQSHda iPhone 12 smartfoni 800 dollardan, iPhone 12 Pro esa 1000 dollardan boshlab sotilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 400
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 76
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 74
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 86
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar