“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:54
ЎЗO‘Z

«Ko‘ngil ko‘chalari»dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto)

25 noya, 16:30 13 107 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ko‘ngil ko‘chalari»dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto) Aktrisa Go‘zal Fayziyeva 23 yil avval efir yuzini ko‘rgan «Ko‘ngil ko‘chalari» serialida Suqsur roli bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan roldan keyin nega aktrisa ekranlarda ko‘rinmay qoldi? Jurnalist Nargiza Murodova aktrisa bilan qisqa intervyu tashkillashtirdi.

«Aslida Suqsur ilk rolim emasdi. Institutning 3-kursida tahsil olayotganimda Tolib Hamidov rejissyorligidagi «Qabrdagi xazina» nomli 4 qismli videofilmda asosiy qahramon Dilorom rolini ijro etganman. Uchinchi kursda o‘qiyotganimda, satira teatriga ishga qabul qilindim. Orada bir necha yil ishlab, bolalikdagi orzularimni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zbek davlat drama teatri (Yosh gvardiya) teatriga ishga o‘tdim. «Ko‘ngil ko‘chalari» serialiga taklif etilganda teatr aktrisasi edim», — deya hikoya qiladi Go‘zal Fayziyeva.

Foto: Instagram / @guzalpayzieva
«Suqsurni mendan avval boshqa aktrisa o‘ynagan»
«Qabrdagi xazina» videofilmidan so‘ng rejissyor «yaxshi rol ijro etding, endi ko‘rinishing va mahoratingni arzon baholama», deb ta’yinlagandi. Chunki professionallikda son emas, sifat muhimroq. Suqsur rolidan avval meni boshqa rolga taklif etishgan. Ammo rol manzur bo‘lmagani uchun uni rad etgandim. Oradan ancha vaqt o‘tib, Suqsur roliga taklif etishdi. Keyinchalik bilsam, videofilmning 2 ta qismi suratga olingan va qandaydir sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan ekan.

«Tomoshabinlar Suqsurdan nafratlangan»
Ayol kishining ichki olami juda nozik. Avvaliga tomoshabinlar undan nafratlangan, keyinchalik uning ko‘ngil kechinmalarini to‘g‘ri tushunishgan. Yengil xarakterdagi ayol qilib tasvirlangan Suqsurni o‘zgacha qiyofada ko‘rsatib berishga harakat qilganman. Chunki yolg‘iz onasi bilan ko‘plab hayot qiyinchiliklariga uchragan Suqsurning ham o‘z haqiqatlari bor edi.

Foto: Instagram / @guzalpayzieva
«San’atkor bo‘lishimga dadam qarshi bo‘lgan»
San’atni tanlash chog‘ida katta to‘siqlarga uchraganman. Chunki dadam «Avlodimizdan san’atkor chiqmagan», deb qiziqishlarimni o‘zgartirishga uringandi. Ammo bolalikdagi orzum bu sohani egallashimga sabab bo‘ldi. Buvim rahmatli bilan «Hasti Imom» mahallasidagi qarindoshlarimiznikiga ketayotganda, albatta, O‘zbek davlat drama teatri yonidagi ko‘chadan o‘tardik. Buvim har gal teatr yonida shu yerdan o‘tgan ijodkorlar nomiga Qur’on tilovat qilishni kanda qilmasdi. Bu voqea ko‘p yil takrorlangan.

Bir kuni yo‘lda mashhur rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevni ko‘rib qolganmiz. Buvim Bahodir akani yelkasidan quchib: «Yaxshi spektakllar qo‘yasiz bolam, baraka toping», deb duo qilgandi. O‘shanda mana shu teatrda ishlashni va Bahodir Yo‘ldoshev spektaklida rol ijro etishni orzu qilgandim. Qarangki, bolalikdagi orzularim bir necha yildan keyin amalga oshdi.

Foto: Instagram / @guzalpayzieva
«Kinodagi rol bugun bor, ertaga yo‘q»
Men teatrning shaydosiman. Aktyor uchun eng vafodor maskan teatr. Kinodagi rol bugun bor, ertaga yo‘q. Ammo teatrda aktyor uchun hamisha rol topiladi.

54 yoshli aktrisa Go‘zal Fayziyeva hozirda o‘zbek davlat drama teatrida faoliyat yuritadi. Uning uch nafar — ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. Qizi Yulduz aktrisalik sohasini tanlab qator film va seriallarda suratga tushdi. U «Qora atirgul» serialidagi Dilshoda roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Shuningdek, Yulduz Ozodbek Nazarbekovning «Mendirman» klipida Jaloliddin Manguberdi rolini ijro etgan yosh aktyor Mirkamol Qoraboyevga turmushga chiqqan.

Foto: Instagram / @guzalpayzieva

Foto: Instagram / @guzalpayzieva




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 317
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 317
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 383
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 121
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 462
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar