“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:01
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urgani aytilgan Toshkent viloyati YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi

25 noya, 14:00 3 601 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urgani aytilgan Toshkent viloyati YHXB xodimi ishdan bo‘shatildi Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 noyabr kuni «Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

Videoda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi ekanligi aytilgan erkak Sirdaryo viloyatidagi xonadonda bir ayol bilan ushlab olingani ma’lum qilingan. Shuningdek, videoda mazkur erkakning yuzida jarohat izlari borligi ko‘ringan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar berishicha, mazkur videodagi ichki ishlar xodimi Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Rahmatullayev hisoblanadi. Uning olgan tan jarohati bo‘yicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan boshqarma boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgi asosida YHXB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, Prezident va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Rahmatullayevning ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi bo‘yicha xulosa qabul qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 411
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar