“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:54
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda eski avtomobillarning narxiga qanday omillar ta’sir qilishi o‘rganib chiqildi

24 noya, 16:16 4 520 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda eski avtomobillarning narxiga qanday omillar ta’sir qilishi o‘rganib chiqildi Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ikkilamchi avtomobil bozori va avtomobillar narxlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib chiqdi, deb yozmoqda Spot.

O‘zbekistonda 3 milliondan ortiq yengil avtomobil mavjud. Ikkilamchi bozorda har yili 400-500 mingta oldi-sotdi amalga oshiriladi. Bir yilda bozor hajmi taxminan 2 milliard dollarni tashkil etadi.

Uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda avtomobillar narxi ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq emas edi, ammo yaqinda vaziyat o‘zgarishni boshladi. Endi o‘rtacha hisobda avtoulovning bir yillik eskirishi narxni 600 dollarga kamaytiradi.

Biroq bu usul avtomobilning eskirganligi sababli narxning pasayishi tezlashganda avtomobilning boshqa xususiyatlarini hamda narx va ishlab chiqarilgan yil o‘rtasidagi bog‘liqlikning chiziqli emasligini hisobga olmaydi. Shuning uchun tadqiqotda ushbu kamchiliklarni hisobga oladigan alternativ usuldan foydalanilgan (web-scraping).

Natijalar
Boshqa barcha xususiyatlar teng bo‘lganda (markasi, pozitsiyasi, sotiladigan joyi va rangi bir xil avtomobillarni taqqoslaganda) bir yil davomida avtomobilning eskirishi uning narxining o‘rtacha 300-400 dollargacha pasayishiga olib keladi.

Shu bilan birga, masofa narxga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Buni ishlab chiqarilgan yili kilometrni aks ettirishi yoki odometrdagi indikatorni orqaga burish amaliyoti keng tarqalganligi bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, bir xil markadagi avtomobillar uchun pozitsiya, ishlab chiqarilgan yili, aksessuarlar, «tonirovka» narxni o‘rtacha 350 dollarga oshiradi.

Shuningdek, narxga quyidagi xarajatlar ta’sir qiladi:

Shu bilan birga, ishlatilgan avtoulovning signalizatsiyali va signalizatsiyasiz narxlari o‘rtasida sezilarli farq aniqlanmagan. Shuningdek, narxga pardalar, tuman chiroqlari, ksenon chiroqlar, yorug‘lik sezgichlari, boshqaruv gidravlikasi, mashina tomidagi yuk ortish moslamasining mavjudligi yoki yo‘qligi deyarli ta’sir qilmaydi.

Captiva’ning 4 va 1-pozitsiyalari narxidagi farq, taxminan, 9500 dollarni, 4 va 1-pozitsiyadagi Cobalt’da esa farq 1400 dollarni, Cobalt’ning yevro va milliy namunalari narxidagi farq 300 dollarni, Lacetti’ning 3 va 1-pozitsiyalarini narxidagi farq 700 dollarni, gaz balloni o‘rnatilgan va o‘rnatilmagan Lacetti narxidagi farq esa 400 dollarni tashkil qilgan.

Ikkinchi pozitsiyadagi Malibu-2 va Malibu-1 o‘rtasidagi farq, taxminan, 9000 dollarni tashkil etadi. Matiz va Nexia-2 brendlari uchun avtomobilning pozitsiyasi deyarli narxga ta’sir qilmaydi, farq maksimal 100-150 dollargacha yetishi mumkin.

Shuningdek, Nexia-2 uchun DOHC va SOHC seriyalari ushbu avtomobillarning narxlarida ahamiyatsiz rol o‘ynaydi. Spark uchun ikkilamchi bozorda 4 va 1-pozitsiyalar qiymatining farqi 1200 dollarni tashkil qiladi va yevro namuna narxni 300 dollarga oshiradi.

Bundan tashqari, rang avtomobillarning narxlariga ham ta’sir qiladi. Narx jigarrang, qora, nam asfalt va qizil rangli mashinalar yuqoriroq bo‘ladi.

Yetakchilar orasida oq rangning yo‘qligi u mashinaning narxini emas, balki likvidligini (sotib olish va sotish intensivligi) oshirishiga hissa qo‘shishi mumkinligi bilan izohlanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotida veb-indeksatsiya, ma’lumotlarni yig‘ish, elektron savdodagi narxlarni kuzatish va taqqoslash, bozorni o‘rganish, mahsulotni tahlil qilish, savdo ma’lumotlarini yig‘ish, internetdagi mavjudligi va obro‘sini kuzatish hamda ijtimoiy tarmoqlarda tinglashni o‘z ichiga olgan web-scraping usuli ishlatilgan.

Tadqiqotlar elektron tijorat saytlari va internetning o‘zbek segmentidagi savdo maydonchalari ma’lumotlari asosida o‘tkazildi. Narxi, modeli, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, yurgan masofasi, rangi va boshqa parametrlar bo‘yicha 20 mingga yaqin transport vositasining ma’lumotlari to‘plangan. Ular ma’lumotlar bazasining umumiy tuzilishiga ta’sir qilmasdan ziddiyatli holatlardan tozalangan, shundan so‘ng 10 mingdan ortiq avtomobil qolgan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 2020 yilning 9 mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini «narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi sababli» model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 215
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 101
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 895
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 185
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 320
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 358
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar