“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:23
ЎЗO‘Z

General Motors texnik nosozlik sababli 6 millionta avtomobilini qaytarib olmoqda

24 noya, 08:02 4 298 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
General Motors texnik nosozlik sababli 6 millionta avtomobilini qaytarib olmoqda Foto: Daniel Acker / Bloomberg via Getty Images
AQSHning General Motors (GM) avtokonserni o‘z avtomobillarida o‘rnatilgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqchalarida nosozliklar bo‘lishi mumkinligi sababli 6 mlnta avtomobilini qaytarib olmoqda.

GM’da ta’kidlanishicha, kompaniya AQSH transport vazirligining Yo‘l xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHTSA) talabini bajarmoqda. “Ilmiy ma’lumotlar va tekshiruvlar natijalariga ko‘ra mashinalarni qaytarib olishga zarurat yo‘q deb hisoblashimizga qaramay, NHTSA mashinalarda xavfsizlik yostiqchalarini almashtirishni talab qildi. Biz bundan norozimiz, biroq NHTSA qaroriga bo‘ysunamiz va barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, deb ta’kidlab o‘tilgan kompaniyada.

Avvalroq NHTSA GM’dan 6 mlntaga yaqin pikap va yo‘ltanlamaslarini qaytarib olishni talab qilgan. Ta’kidlanishicha, kompaniya bu bilan bog‘liq holda 1,2 mlrd dollarlik ziyon ko‘rishi mumkin.

Yaponiyaning Takata kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar sababli 2014 yilda mojaro markazida qolgandi. Kompaniyaning xavfsizlik yostiqchalari avtofalokat vaqtida to‘g‘ri ochilmay, yorilib ketishi yoki hattoki avtomobil ichidagi odamlarga metall bo‘laklari otishi mumkin bo‘lgan. Bunday ko‘ngilsiz hodisalar tufayli butun dunyoda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Umumiy hisobda ushbu texnik nosozlik sababli turli markalarning 100 mlnga yaqin avtomobili qaytarib olingan, Takata esa 2017 yilda kasodga uchragan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 98
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 887
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 182
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 317
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 356
  • Avtomobillarga «qizil», «sariq», «yashil» ekologik stikerlar beriladi. Bu qanday ishlaydi? 07 mar, 11:35 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 0
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 271
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Bo‘limlar