“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Og‘abek Sobirov og‘ir dard bilan kurashgan yillarini xotirladi (video)

22 noya, 22:55 4 734 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Og‘abek Sobirov og‘ir dard bilan kurashgan yillarini xotirladi (video) Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Og‘abek Sobirov suhbat davomida meningit kasalligi bilan deyarli bir yil kurashgani va rahmatli otasi o‘g‘limning dardini menga ber, deya Allohga qilgan iltijolari haqida gapirib berdi.

- "1991–1992 yillarda san’at olamiga endi kirib kelgan paytlarim edi. O‘zim o‘ylayman, balki o‘sha payt el nazari, ko‘z degani yomon narsa-ku, o‘zingiz bilasiz, shu narsa to‘siq bo‘ldimi, degan fikr ham yo‘q emas.

Xullas, 3-4 oy yotib qoldim. Shunday og‘ir vaziyatlarni boshdan o‘tkazdimki, buning eng yomon tomoni ota-onaning ko‘z oldida farzandining og‘ir dardga chalinib yotganligi bo‘ldi. Bu narsani hozir ota bo‘lib, bilib yuribmiz. Ilohim, hech kim farzandining yomon holatini hech qachon ko‘rmasin.

Dadam shunaqa mehribon inson edi, bizni shu darajada yaxshi ko‘rardiki, hech kimlarga ishonmasdi. Shunda menda 3-4 oydan keyin miya shamollashi bo‘ldi. Meningit darajasiga borib qoldim. Judayam xavfli bo‘ldi. Keyin yana 3-4 oylar yotib qoldim. Bir yilga yaqin kasal bo‘lib yotganman.

Biror joyga bora olmayman, oynaga qarab o‘zimni ko‘rib qo‘rqib ketadigan darajada bo‘lib qoldim. Shunaqa og‘ir vaziyatlar bo‘lgan, o‘sha paytda baribir ota ota ekan, onam ham Alloh rahmat qilsin, dod-voy soladi. To‘xtamay tinimsiz duolar qilib turgan bir vaqtda otam tepamga kelib, Ey Xudoyim, o‘g‘limning dardini olgin-da, menga bergin, shu bolam qiynalmasin, deganlar. Bu narsani o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Otam shu dardni o‘zlariga so‘rab olganlar, Alloh rahmat qilsin!

Men kunlar o‘tgan sari sog‘ayib boraverdim, otam esa ikki yilga bormadilar. Sog‘liklari joyida edi, baquvvat inson edilar. Har kuni 30 km piyoda yurardilar. Temir yo‘lchi edilar, temir yo‘l bo‘yida uyog‘idan buyog‘iga har kuni 30-40 km masofani bosardilar.

Aytmoqchimanki, salomatliklari joyida edi, mening bemor bo‘lganim otamga qattiq zarba bo‘lgan ekan.

Ba’zida o‘ylab qolaman, otalarimizga mos farzand bo‘ldikmikan? Shularni qadrlaydigan ishlarni qildikmikan? Hurmatlarini joyiga qo‘ydikmikan? Shu narsalar haqida ko‘p o‘ylanaman. Jonini farzandi uchun qurbon qilishdan qaytmaydigan ota uchun, ona uchun biz farzandlik burchini yetarli darajada ko‘rsata oldikmikan, degan o‘y hozirgacha ham tinchlik bermaydi
", - deydi O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov.

Ma’lumot uchun, Og‘abek Sobirov poytaxtda 30 ga yaqin, viloyatlar bo‘ylab 200 ga yaqin yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Uning o‘ttizdan ortiq musiqiy albomi, 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 43
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 575
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 474
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar