“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 00:30
ЎЗO‘Z

Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi

21 noya, 12:18 2 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi Foto: «Depositphotos/Ronstik»
Pandemiya davrida aksariyat odamlar koronavirusdan saqlanish umidida ko‘p miqdorda vitamin qabul qilishga tushdilar. Biroq bu organizm faoliyatini izdan chiqarishi mumkin, deydi rossiyalik shifokor allergolog-immunolog Aleksey Bessmertniy «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vitaminli komplekslarni suiiste’mol qilish gipervitaminoz holatini keltirib chiqarishi mumkin. U esa foydali moddalar va mikroelementlar tanqisligidan ko‘ra xavfliroq.

«D vitamini yoki A vitamini gipervitaminozi sog‘liq uchun xavfsiz emas. Ustiga-ustak, ko‘pgina polivitaminlar dori emas, bioqo‘shimcha sifatida ro‘yxatga olinishini unutmaslik kerak. Statistikaga ko‘ra, jigar toksik zararlanishining to‘rtdan ikki qismi tegishli tartibda sertifikatlashtirilmagan bioqo‘shimchalar bilan bog‘liq», — deya izohladi mutaxassis.

Uning fikricha, gipervitaminoz alomatlari tushunarsiz, shu bois odamga nima bo‘layotganini ko‘pincha tushunib bo‘lmaydi.
«Ko‘ngil aynishi, lohaslik, charchoq, ajralayotgan peshob miqdori kamayishi shular jumlasidan. D gipervitaminozida qayt qilish, ya’ni intoksikatsiyaning barcha alomatlari bor», — deya ogohlantiradi Bessmertniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar taomnoma sifatli mahsulotlardan tashkil topgan va meva-sabzavotlarga boy bo‘lsa, qo‘shimcha vitaminlarni qabul qilishga zarurat yo‘q.

«Faqatgina ayrim hududlar uchun «Yodomarin» hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun D vitamin bundan mustasno bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidladi shifokor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 29
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 206
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 79
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 1
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 137
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 17
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 449
  • Bo‘limlar