“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:24
ЎЗO‘Z

Moliya vaziri: 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi

20 noya, 09:33 2 318 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya vaziri: 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi 20 noyabr kuni moliya vaziri Timur Ishmetov Twitter’dagi akkaunti orqali O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyuta - so‘mda - 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirilganini ma’lum qildi.

«Ushbu yutuq o‘zbek so‘mini moliya bozorlarida o‘z o‘rnini topishiga dadil qadam bo‘lsin», — deya tilak bildirgan vazir.

Avvalroq, O‘zbekiston hukumati London fond birjasida navbatdagi yevrobondlarni joylashtirishi haqida xabar berilgandi. Bu gal AQSH dollari bilan birga, o‘zbek so‘mida ham denominatsiya qilingan xalqaro suveren obligatsiyalar chiqarilib, 750 mln dollar qarz jalb etilishi nazarda tutilgan.

Investorlar takliflariga binoan, 750 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar 2 transhda – 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan o‘zbek so‘mida chiqarildi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, London fond birjasida joylashtirish bo‘yicha boshlang‘ich stavkalar mos ravishda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilangan.

Qayd etilishicha, xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.

Iyun oyida moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov hukumat milliy valyutada 500 million dollar ekvivalentidagi yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga 2030 yilgacha qarz portfelida so‘mdagi qarz ulushini 50 foizgacha oshirish nazarda tutilgani va tashqi bozorda yevrobond joylashtirish rejalashtirilmaganini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng ikkita yevrobondlar transhini joylashtirgan. Qarz obligatsiyalarining to‘lov muddati 2024 va 2029 yil fevral oylariga belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 57
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 113
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 213
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 140
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar